D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

G‘aznachilik organlari. G‘aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, 
Moliya vazirligiga bo‘ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G‘aznachilikning 
Qorag‘alpog‘iston Respublikasi G‘aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va 
viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G‘aznachilik bo‘limlari kabi 
hududiy organlari faoliyat yuratadi. G‘aznachilikka O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tayinlangan Davlat G‘aznachisi rahbarlik qiladi. G‘aznachilikning 
hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas. O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining buyrug‘iga muvofiq G‘aznachilikning hududiy organlari 
tuziladi va tugatiladi. G‘aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish
respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
G‘aznachilik organlari – Moliya vazirligining konsolidatsiyalashgan 
byudjetning kassa ijrosi uchun, davlat daromadlari va xarajatlari hisobini olib 
borilishi uchun, davlat xarajatlariga moliyaviy resurslarning yetarli bo‘lishini 
ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘lim hisoblanadi. 
Islohotlar jarayonida byudjet tashkilotlari, yuridik shaxs maqomini olgan 
tashkilotlar aniqlanadi. Har tomonlama axborot bilan ta’minlash uchun byudjet 
tasnifidan foydalaniladi. G‘aznachilikning Bosh Boshqarmasi byudjetni 
shakllantiradi 
va 
barcha 
byudjet 
tashkilotlari 
faoliyatini 
boshqaradi. 
G‘aznachilik byudjetdan mablag‘ oluvchilardan boshqarish funksiyalarini tortib 
olmaydi, byudjetning bajarilish jarayonini yaxshilash uchun ularni yanada 


32 
kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi. Byudjet tasnifi bo‘yicha berilgan 
xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlar butun yil bo‘yi xarajatlar tendensiyasini va 
xarajatlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kerak bo‘ladigan ehtiyojlarni 
aniqlashga yordam beradi. G‘aznachilikning faoliyat ko‘rsatishi naqd pullarni 
to‘g‘ri va samarali boshqarish yo‘li bilan byudjetga ishonchni mustahkamlashga 
yordam beradi. Darmomadlar rejasi bajarilmagan holatda boqimandalik 
muammosini yechishga harakat qiladi.
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, g‘aznachilikning asosiy vazifalari bir-biriga o‘xshaydi: 
1. 
Davlat byudjetining kassali ijrosini amalga oshirish. 
2. 
Davlatning moliyaviy aktivlarini boshqarish. 
3. 
Davlat qarzlarini boshqarish. 
4. 
Davlatning moliyaviy resurslari hisob-kitobini yuritish, yig‘ish, 
ishlash, tahlil qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash. 
5. 
Davlat moliyasining holati to‘g‘risida doimiy ravishda hisobotlarni 
tayyorlash va taqdim qilish. 
6. 
Moliyaviy nazoratning qoidalarini va mexanizmlarini ishlab chiqish 
va amaliyotga tatbiq etish. 
7. 
Davlat moliyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Moliya 
vazirligiga berilgan huquqlar doirasida byudjet tashkilotlari moliyaviy faoliyati 
ustidan nazoratni amalga oshirish
1

G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli 
darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning 
xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; 

Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, 
shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa 
1
Pulatov D.X., Nurmuxamedova B.I. G‘aznachilik: Darslik . T.: Sano-standart, 2014. 372 b.


33 
uzilishlarining 
oldini 
olishni 
ta’minlaydigan 
hududiy 
g‘aznachilik 
hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish; 

byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni 
bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan shartnomalarini, shuningdek 
Davlat 
byudjeti 
mablag‘lari 
hisobidan 
kapital 
qurilish 
bo‘yicha 
buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va 
maqsadlarga qat’i muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish 
asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish 
orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining 
oldini olish; 

byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini 
moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni 
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan 
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga 
muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra, 
vositachilik xizmatlaridan voz kechish; 

xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan 
qat’i summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, 
xizmatlar ko‘rsatuvchilar)ning bevosita hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish 
orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni 
ta’minlash; 

Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini 
yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va 
tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi 
qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling