D tashmuxamedova
Moliya vazirligi G‘aznachiligining funksiya va vazifalari
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
3. Moliya vazirligi G‘aznachiligining funksiya va vazifalari
Moliya vazirligi G‘aznachiligi “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida g‘aznachilikning yagona hisobraqami va uning subschyotlarini boshqarishni amalga oshiradi. G‘aznachilikning vakolat berilgan lavozimdagi shaxslaridan boshqa hech bir yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs g‘aznachilikning yagona hisobraqami mablag‘laridan pul o‘tkazish uchun bankka to‘lov topshiriqnomasini berish huquqiga ega emas. G‘aznachilikning yagona hisobraqami O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining hududiy boshqarmalarida g‘aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlari ochiladi. Respublika mintaqalarida davlat xarajatlarini o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida G‘aznachilikning topshirig‘i bilan 61 Markaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida subschyotlarga va subschyotlardan pul mablag‘larini o‘tkazish tashkil etiladi. Mablag‘ o‘tkazish va davlatning pul mablag‘larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsati bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq Davlat G‘aznachisiga Moliya Vazirligining buyrug‘i bilan yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va G‘aznachilik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi. G‘aznachilik yilda kamida bir marta ushbu shartnomalarning tahlilini o‘tkazishi shart, agar G‘aznachilik fikri bo‘yicha shartnomalarni ko‘rib chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni qayta tuzish tadbirlari ko‘riladi. Davlat byudjetining kassaviy ijrosini amalga oshirish jarayonida G‘aznachilik tijorat banklari bilan ham shartnoma tuzadi. Bu banklarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tavsiyasidan keyin aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari G‘aznachilik talabi bilan quyidagi ma’lumotlarni berishga majbur: – byudjet tashkilotlarining bankda ochilgan shaxsiy hisobraqamlari, unda mablag‘lar aylanishi va qoldig‘i to‘g‘risida ma’lumot; G‘aznachilik so‘ragan aniq byudjet tashkilotining yoki uning tavsiyasi bilan ochilgan bank hisobraqamidagi mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot. Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot G‘aznachilik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi G‘aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat byudjetining g‘azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi yagona hisoblar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 62 G‘aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha to‘langan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona g‘azna hisobraqamidan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi. G‘aznachilikning asosiy vazifalari belgilab berildiki, ular “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunda aks etgan G‘aznachilikning vazifalariga yanada aniqlik kiritdi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida qarorda qator vazifalar belgilandi: - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligini va uning hududiy bo‘linmalarini moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish; - G‘aznachilik tomonidan davlat byudjetinining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; - Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish; - byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’i muvofiq ravishda tuzilishi ustidan 63 6-rasm. Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy vazifalari 22 – qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish; – byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan 22 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) qarori asosida. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling