D tashmuxamedova
G‘aznachilik markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar G‘aznachilik boshqarmalarining tashkiliy tuzilishi
G‘aznachilik markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi
1 byudjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan ro‘yxatga olingan shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) qarori ilovasidan keltirildi. G’aznachilik boshlig’i – vazir o’rinbosari G’aznachilik boshlig’ining I-o’rinbosari Qoraqalpog’iston Respublikasi va hududiy g’aznachilik bo’linmalari (14/199) G’aznachilik boshlig’ining o’rinbosari – Amaliyot boshqarmasi boshlig’i Metodologiya, moliyaviy resurslarni tartibga solish va hisoblar boshqarmasi Davlat byudjetining g’azna ijrosi metodologiyasi bo’limi Moliyaviy resurslarni tartibga solish bo’limi Ichki va tashqi qarz bo’yicha hisoblar bo’limi Davlat byudjeti g’azna ijrosining yig’ma tahlil bo’limi G’aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish bo’limi Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi Davlat byudjeti g’azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi Yuridik majburiyatlar va narx monitoringi bo’limi Moliyaviy majburiyatlar va to’lovlar bo’limi Huquq-tartibot organlari xo’jalik shartnomalarini ro’yxatga olish va to’lov bo’limi Mudofaa bo’yicha bo’lim Yuristkonsultant Ish yurituvchi 58 ko‘rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobraqamlariga to‘lovlarni amalga oshiradi; byudjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi; schyot-fakturalar va tovarlar yetkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar asosida byudjet mablag‘i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi va boshqa ishlarni amalga oshiradi. Bugungi kunda davlat byudjeti g‘azna ijrosini tashkil etish borasidagi Prezident qarorlarining ijrosi doirasida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag‘larini jalb etgan holda davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish imkonini beruvchi davlat byudjeti g‘azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog‘ini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralari ko‘rilmoqda. 59 5 -rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar G‘aznachilik boshqarmalarining tashkiliy tuzilishi Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling