D tashmuxamedova


-BOB. Yagona g‘azna hisobvarag‘i va shaxsiy g‘azna hisobraqamlarni


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

3-BOB. Yagona g‘azna hisobvarag‘i va shaxsiy g‘azna hisobraqamlarni 
yuritish tartibi 
Reja 
3.1. Yagona g‘azna hisobraqami to‘g‘risida tushuncha. 
3.2. Respublika va hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi 
3.3. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi 
3.4.Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida Yagona g‘azna 
hisobvarag‘ini yuritilishini takomillashtirish 
3.1. Yagona g‘azna hisobraqami to‘g‘risida tushuncha 
Yagona g‘azna hisobvarag‘i – G‘aznachilik tomonidan boshqariladigan 
maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, bu hisobvaraqqa Davlat byudjeti mablag‘lari 
hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari kiritiladi. Yagona 
g‘azna hisobvarag‘idan Davlat byudjetida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik va 
jismoniy shaxslarning xarajatlari to‘lanadi, shuningdek davlat maqsadli 
jamg‘armalarining xarajatlari amalga oshiriladi. 
Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, unga byudjet 
tizimi byudjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan 
mazkur byudjetlarning xarajatlari to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga 
bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega
23
.Yagona g‘azna hisobvarag‘i 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag‘larning so‘zsiz tartibda 
hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq 
olinmaydi.  
23
 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 111-moddasi asosida.


68 
“Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi qoidalari”ga ko‘ra, Yagona g‘azna 
hisobvarag‘i (YaG‘H)- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan va 
Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i 
hisoblanadi. Moliya vazirligi (g‘aznachilik bo‘linmalari) O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankida va boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga 
ega.
 
 “Mamlakatda g‘aznachilik organlari Davlat byudjetini to‘ldirish va ijro 
qilishni ta’minlaydigan 4000 dan ortiq bo‘limlariga ega. G‘aznachilik organlari 
davlatning soliqli va soliqsiz daromadlarini yig‘ib oladi va kerakli nazorat 
ishlaridan keyin davlat mablag‘larini sarflanishini amalga oshiradi.
G‘aznachilik organlari daromadlar tushumining va Davlat byudjeti 
xarajatlarining hisob-kitobini yuritadi. Bu vazifa har bir geografik departamentda 
tayinlangan Bosh g‘aznachiga yuklatilgan. Ularning amalga oshirgan moliyaviy 
operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har kuni G‘aznachilikning Markaziy Hisob 
agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov uchun yig‘iladi.
Bundan tashqari, G‘aznachilik organlari davlat tashkilotlari bo‘lgan ta’lim 
muassasalari, ijtimoiy ta’minot va boshqaruv organlari hamda ijtimoiy turar joy 
tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini tekshiradi va nazorat qiladi”
24

Iqtisodiyotning hozirgi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjeti, davlat maqsadli va boshqa maqsadli jamg‘armalar (DMJ va BMJ) 
byudjetlariga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar YaG‘Hga kirim 
qilinadi va qonun hujjatlariga muvofiq mos ravishda O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va 
viloyatlar mahalliy byudjetlari, DMJ va BMJ byudjetlari daromadlarida aks 
ettiriladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari YaG‘Hga 
kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar sifatida aks ettiriladi. 
24
Практика государственногоуправления во Франции: Государственное Казначейство. Сборник 
документов Франко-российского сотрудничества. №8. С. 11. 


69 
Byudjet tizimi va boshqa maqsadli jamg‘armalar byudjetlari xarajatlari 
YaG‘H yoki Moliya vazirligining (g‘aznachilik bo‘linmalarining) boshqa bank 
hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda hamda: 
- O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari, 
shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari; 
- davlat maqsadli va boshqa maqsadli jamg‘armalar byudjetlari; 
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari 
qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi. 
Debitor qarzdorlik summalari, shuningdek deponentlangan mablag‘lar 
YaG‘Hga: 
- byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarining byudjet 
mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida hamda moliya yiliga qo‘shimcha davr 
mobaynida; 
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari va BMJ 
mablag‘lari bo‘yicha — joriy moliya yilida tegishli kassa xarajatlarini tiklash 
orqali kirim qilinadi. 
Barcha moliyaviy resurslar G‘aznachilikning yagona hisobraqamida yig‘iladi, 
bu mablag‘larning miqdori Markaziy Bankda joylashgan barcha tushumlar va 
to‘lovlar yig‘iladigan shu hisobraqam bilan nazorat qilinadi. Davlat G‘aznasi 
quyidagi huquqlarga ega: 

byudjet mablag‘lari taqsimlovchilarining taqdim qilgan kirim orderlarini
shartnomalarda belgilangan qarz talabnomalarini ijro qilish uchun qabul qiladi, 
shuningdek, qarz majburiyatlari bo‘yicha naqd pullarni va davlat tashkilotlarining 
huquqi bo‘lgan boshqa shakldagi tushumlarni oladi;

buyruqqa asosan, kreditorlarning talabi bo‘yicha taqdim qilingan hujjatlar 
asosida xarajatlar to‘lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud qarorlarini ijro 
qiladi; 

 davlat muassasalarini yoki ularning ishonchli vakillariga qarashli pul 
mablag‘larini va moddiy boyliklarni saqlashni va qo‘riqlashni ta’minlaydi;


70 

naqd pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi;

amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlaydigan buxgalteriya 
hisob-kitobi bo‘yicha yuritiladigan hujjatlarni saqlaydi; 

buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya hisob-kitobini olib boradi
25
.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling