D tashmuxamedova
Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23212 «Moliya vazirligi G‘aznachiligi
Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarishni Davlat byudjeti
daromadlari tushumlari va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiradi. Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona g‘azna hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydi hamda uning asosida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar beradi. Xarajatlarni to‘lash uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklarida depozitlarga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan mablag‘larning hajmini belgilaydi. Byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi 26 : – tushumlarni Yagona g‘azna hisobvarag‘iga va boshqa bank hisobvaraqlariga kiritishni; – tushumlarni byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida taqsimlashni; – ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni qarzni to‘lash evaziga hisobga olishni; – hisob va hisobotni nazarda tutadi. Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to‘g‘ri 25 Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010 . 26 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 117- moddasi asosida. 71 hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning byudjet mablag‘lari bo‘yicha debitor qarzdorliklari summalarini kirim qilish uchun «O‘RMV» ATda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha (4004 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi. Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari YaG‘Hga kirim qilinadi va: – byudjet mablag‘lari bo‘yicha — byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning o‘tgan yillarning debitorlik qarzdorligini hisobga olish bo‘yicha byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida ushbu summalarni keyinchalik tegishli byudjetlarning joriy moliya yili daromadiga o‘tkazish bilan; – DMJ va BMJ mablag‘lari bo‘yicha — DMJ va BMJ byudjetlarining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida; – byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha — byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi. Joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning byudjet mablag‘lari bo‘yicha debitor qarzdorliklari summalari byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli byudjet daromadiga o‘tkazilishi lozim. Debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o‘z vaqtida yoki hisobot oyi tugaguniga qadar o‘tkazilmagan hollarda joriy oyning oxirgi ish kunida g‘aznachilik bo‘linmalari ushbu mablag‘larni mustaqil ravishda tegishli byudjetlar daromadlariga o‘tkazadi. Byudjet tashkilotlarning tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan, shuningdek inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari 72 bo‘yicha tushgan mablag‘lar YaG‘Hga kirim qilinadi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida keyinchalik byudjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq qayta taqsimlash orqali hisobga olinadi. DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar- moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirishlar) natijalari bo‘yicha tushgan mablag‘lari YaG‘Hga kirim qilinadi va tegishli DMJ va BMJ byudjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga olinadi. Bunda DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘lari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar tegishli byudjetlar daromadiga o‘tkaziladi. O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘langan darsliklar ijara to‘lovlari va darsliklar yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yo‘qotilganlik yoki yaroqsiz holga keltirilganlik uchun to‘lovlar bo‘yicha tushumlarning kirim qilinishi, shuningdek ularni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi ta’lim muassasalarining tegishli (4011 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasalarining tegishli (4011 mablag‘lar manbasi bilan) shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi «O‘RMV» ATda avtomatlashtirilgan ravishda amalga oshirilishi mumkin. 73 Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan buyurtmachilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, shuningdek xizmat safari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi to‘lovlar uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarida mos ravishda 23212 «Moliya vazirligi G‘aznachiligi Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling