D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Ma’lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet
tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi 352 byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi. 119 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 7-moddasida qayd etilgan byudjet tizimining yagonaligi tamoyiliga muvofiq, barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish va ijro etishda yagona byudjet tasnifi qo‘llaniladi. Barcha darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tasniflash obyektlariga tegishli raqam(kod)lar berish bilan guruhlanadi hamda tasnif ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi. Byudjet tasnifi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda ulardan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro qilish, shuningdek davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi. Byudjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: davlat byudjeti daromadlarining tasnifi; davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi; davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi. Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va byudjet ma’lumotlarining xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. 119 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. 2010 New Jersey 353 Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. 25 koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga ega: mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi; daromadlar turi; hududiy tasnif. Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega: Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling