D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- “UzASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari
- “UzASBO” KD va “G‘aznachilik” KDlar ma’lumot almashinuvi
- Byudjet mablag‘larini oluvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi
“UzASBO” Kompyuter dasturi (KD) davlat byudjetidan byudjet mablag‘lari
oluvchilarning, shu jumladan respublikaning barcha mintaqalarida joylashgan byudjet tashkilotlarining moliyaviy-hisob bo‘limi xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi bo‘yicha operatsiyalarni yuritishni avtomatlashtirish jarayoni uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobini kompleks avtomatlashtirishni ta’minlaydi. “UzASBO” Kompyuter dasturi byudjet tashkilotlariga bepullik asosida amalga oshiriladi. “UzASBO” KD: byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobining to‘liq tsiklini o‘z ichiga olgan buxgalteriya hisobi bo‘yicha operatsiyalarni avtomatlashtiradi; “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo‘yicha Yo‘riqnoma”ning va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlarning talablariga to‘liq muvofiqlikni ta’minlaydi; Moliya vazirligining ma’lumotlar markazida byudjet tashkilotlari ma’lumotlarining markazlashtirilgan tarzda saqlanishi va yuqori ishonchliligini ta’minlaydi; “G‘aznachilik-4” Kompyuter dasturi va boshqa mavjud kompyuter dasturlari bilan integratsiyalashuv uchun keng imkoniyatlar beradi; Moliya vazirligi va moliya organlari bilan o‘zaro ta’sirlashuv asosida byudjet tashkilotlari mablag‘larini jiddiy tejaydi; byudjet tashkilotlari xodimlariga dasturdan foydalanish huquqini beradi, ular Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazidan olingan “UzASBO” KDga kirish uchun loginlar va parollarga muvofiq Moliya vazirligining dasturiy maydonchasidan (http://www.mdm.uz) foydalanishlari mumkin. 358 Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning “O‘zASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari. “O‘zASBO” KD O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2010-yil 17- dekabrdagi №105-sonli buyrug’iga va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risisdagi 2169-sonli yo’riqnomaga asosan ishlab chiqilgan. “O‘zASBO” KD byudjet tashkilotlariga bepullik asosida amalga oshiriladi. Dasturdan foydalanish internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. 4-rasm. “UzASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular byudjet qonunchiligi, Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar, ularning tarmoq spetsifikasi bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: byudjet tasnifi moddalari kesimida buxgalteriya hisobini tashkil qilish; xarajatlar smetasining ijro etilishini nazorat qilish; byudjetlarni ijro etishning g‘aznachilik tizimiga o‘tish; hisobda kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlarni ajratish; byudjet sohasi (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va h.k.) muassasalarida hisobning tarmoq xususiyatlarini inobatga olish. “UzASBO” KDni joriy etish bo‘yicha ishlar natijasida quyidagi maqsadlarga erishiladi: barcha byudjet tashkilotlari uchun yagona “UzASBO” KD versiyasi yaratilgan va qo‘llaniladi, bu unga o‘zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish, shuningdek ma’lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta’minlaydi; 359 barcha mintaqalarda joylashgan byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tuzilmasi yaratiladi; buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo‘yicha yuritilishini ta’minlaydigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi; tarixiy xronologiyani kuzatib borish, hisob davrlari, shu jumladan byudjet tashkilotlarining avvalgi yillardagi faoliyati davrlari bo‘yicha hisob yuritish imkoni beriladi; tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik hisob yuritish bo‘yicha registrlarni (vedomostlar, Bosh kitob va h.k.), turli joriy va davriy hisobotlarni (1-, 2-son shakllar, balans va unga ilovalar va h.k.) yuritish va ularni qog‘ozga tushirish imkonini beradi. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan bog‘liq boshqa axborot “G‘aznachilik” KD dan “O‘zASBO” Kd ga quyidagi ma’lumotlar bilan almashiniladi: Byudjet tashkilotlarining “G‘aznachilik” KD da ochilgan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarida mablag‘larning harakati haqida axborot berish Byudjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilari bilan ro‘yxatga olingan (qaytarilgan) shartnomalari haqida axborot berish Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni berish 5-rasm. “UzASBO” KD va “G‘aznachilik” KDlar ma’lumot almashinuvi Dastur umumiy markazlashtirilgan serverga, ma’lumotlarni saqlash va ishlash bo‘yicha yagona tizimga ega bo‘lgan yagona integratsiyalangan apparat - dasturiy kompleksdir. 360 “UzASBO” KD quyidagi komponentlar (hisob obyektlari) bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish imkonini beradi: tovar-moddiy zaxiralar; debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar; asosiy vositalar (nomoliyaviy aktivlar) va nomoddiy aktivlar; pul mablag‘lari, kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlar; moliyaviy natijalarni hisobga olish bo‘yicha schyotlar, hisobotni shakllantirish va tuzish; xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar; “G‘aznachilik-4” kompyuter dasturi bilan o‘zaro ta’sirlashuv. Foydalanuvchilar dasturdan foydalanish uchun WEB-texnologiyalarni qo‘llagan holda Moliya vazirligining dasturiy maydoniga kiradilar (http://www.mdm.uz). “UzASBO” KD tarkibiy tuzilmasi funksionallikni boshqaruv darajalari bo‘yicha taqsimlashni, boshqa turdosh axborot tizimlari bilan informatsion o‘zaro ta’sirlashuvni o‘z ichiga oladi. “UzASBO” KD amaliy dasturiy ta’minotning boshqa tizimlar bilan o‘zaro axborot ta’sirlashuvi “G‘aznachilik” KD, shuningdek dasturiy komplekslar o‘rtasidagi himoyalangan aloqa kanallari orqali moliyaviy axborotning yagona ma’lumotlar bazasi bilan axborot ta’sirlashuvidan iborat, “UzASBO” KD bilan axborot ta’sirlashuvi jarayonida quyidagi ma’lumotlar bilan almashinuv amalga oshadi: “UzASBO” KDdan “G‘aznachilik” KDga; ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va byudjet tashkilotlari daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar sinxronizatsiyasi; byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar. 361 Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan bog‘liq boshqa axborot “G‘aznachilik” KD dan “UzASBO” KDga quyidagi ma’lumotlar bilan almashiniladi: byudjet tashkilotlarining “G‘aznachilik” KD da ochilgan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarida mablag‘larning harakati haqida axborotni berish; byudjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilari bilan ro‘yxatga olingan (qaytarilgan) shartnomalari haqida axborot berish; byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni berish. Dastur bir vaqtning o‘zida 30000 tagacha foydalanuvchining qulay ishlashini ta’minlay oladi. Bunda xodimlarning, dastur bilan bevosita ishlaydigan xodimning axborot texnologiyalari sohasidagi malakasi davlat sektoridagi ofis xodimining axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlariga qo‘yiladigan talablar bilan cheklanishi mumkin. 6-rasm. Byudjet mablag‘larini oluvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling