D tashmuxamedova


jarayoniga ta’sir ctuvchi omillar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

jarayoniga ta’sir ctuvchi omillar
121
 
Rossiya Markaziy banki, Moliya vazirligi va Federal G‘aznachilik Bosh 
Boshqarmasi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi Hukumatiga taqdim qilish 
uchun 2000-yilda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» va «Elektron hujjat 
to‘g‘risida» Federal qonun qabul qilindi. Bu loyihalarda «Elektron raqamli imzo» 
tushunchasining huquqiy mazmuni ochildi. Ko‘rsatilgan loyihalarda «Elektron 
raqamli imzo» tushunchasi elektron ma’lumotlarning bir qismi va o‘zida hujjat 
rekvizitlarni mujassamlashtirgan hujjat sifatida aniqlandi. Bu qonunlar qabul 
qilinishi bilan turli sohalardagi faoliyatlarda elektron hujjatlardan keng miqyosda 
foydalanish, davlatning boshqaruv va moliya-kredit sohasida zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanish uchun umumiy qonuniy bazani shakllantirish 
yakunlandi. 
121
Ждачиков П. A. Казначейство. Автоматизированные бизнес-технологии управления 
финансовымы потоками. Учебное пособие. – M.: «Висшей школы экономики». 2010. - 363 с.


365 
Rossiya 
Federatsiyasida 
G‘aznachilikni turli bo‘linmalari faoliyatini 
avtomatlashtirish uchun daromadlar hisobini yuritishda, soliq to‘lovchilardan 
tushgan tushumlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlashda davlat 
byudjeti ijrosining «Kazna» PPP (пакет прикладных программ) daromad moduli 
yaratilgan va amaliyotga kiritildi. 
Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligining asosiy vazifalari va funksiyalari 
quyidagilardan iborat
122

♦ byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni holati to‘g‘risida yuqori ijro 
organlariga hisobot berish borasida axborot tizimida ma’lumotlarni to‘plash va 
tahlil qilish; 
♦ turli darajadagi byudjetlarni tashkillashtirish, amalga oshirish va nazorat 
qilishni kassaning yagonaligi prinsipiga asosan g‘aznachilik hisobraqamlarida 
daromadlar va xarajatlarni boshqarish; 
♦ byudjetlararo munosabatlar hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning 
moliyaviy munosabatlarini tartibga solish, jamg‘arma mablag‘larining tushumi va 
ularning ijrosi yuzasidan nazorat qilish; 
♦ davlat moliyaviy resurslarining qisqa muddatli prognozi hamda ushbu 
resurslardan tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida axborot tizimida tezkor 
boshqaruvni amalga oshirish; 
♦ Rossiya Federatsiyasining Banki va boshqa biriktirilgan banklari bilan 
birgalikda ichki va tashqi qarzlarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish; 
♦ g‘aznachilikka oid tegishli qo‘llanma va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, 
byudjet tasnifi loyihasini tayyorlash. 
Qozog‘iston Respublikasi hukumatining 1999-yil 28-sentabrdagi 1464-sonli 
«Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va 
boshqa pullik to‘lovlarni Qozog‘iston Respublikasi Milliy bankining litsenziyasini 
olgan, shu ko‘rinishdagi bank operatsiyalarini bajara oladigan Bank-Agentlar 
ikkinchi bosqichdagi banklardan to‘lash tartibini takomillashtirishning chora-
122
Jdanchikov P. A. Kaznacheystvo. Avtomatizirovannie biznes-texnologii upravleniya finansovimi 
potokami. Uchebnoe posobie. – M.: «Visshey shkoli ekonomiki». 2010. 363 c.


366 
tadbirlari to‘g‘risi-da»gi qaroriga muvofiq yo‘riqnoma ishlab chiqildi va Qozo-
g‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2000-yil 17-noyabr-dagi 488-sonli 
buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Mazkur yo‘riqnoma Qozog‘iston Respublikasi Adliya 
vazirligida 2000-yil 18-dekabrda 1333-sonli bilan ro‘yxatdan o‘tdi. Qozog‘iston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga va Qozog‘iston Respublikasining «Mehnat 
to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi, 
stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni Bank-Agentlar orqali 
oluvchilarning xohishiga asosan mablag‘larni ularning shaxsiy hisobraqamiga yoki 
kartschyotlarga o‘tkaziladi. Ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik 
to‘lovlarni oluvchi o‘ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki 
kartschyotlarga o‘tkazilishi to‘g‘risida yakka holda Bank-Agentlar bilan shartnoma 
tuzadi. Shartnoma ikki nusxada bo‘lib, birinchisi Bank-Agentlarda qoladi, 
ikkinchisi oluvchiga beriladi. Bank-Agentlar mazkur tartib bo‘yicha oluvchilarning 
barcha savollariga javob beradi. Bank-Agentlar orqali ish haqi, stipendiya,
pensiya. nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni oluvchi o‘ziga hisoblangan summani 
shaxsiy hisobraqamiga yoki kartschyotlarga o‘tkazilishidagi xizmatlar uchun to‘lov 
davlat byudjetidan to‘lanadi. Oluvchi davlat tashkilotiga o‘zining ish haqi, 
stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarini Bank-Agentlarga
o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning sanasini, raqamini va Bank-
Agentning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda. ariza taqdim qiladi. Mazkur davlat 
tashkilotlari oluvchiga xizmat ko‘rsatish uchun Agentlik Kelishuvini tuzadi va 
unga imzo chekishga huquqi bo‘lgan rahbar lavozimidagilar imzosining nusxasini 
taqdim qiladi. Ular o‘rtasida elektron imzolar ham almashadi. Bunda 
oluvchining individual shaxsiy hisobraqami nomeri, uning familiyasi, ismi va 
otasining ismi, hisoblangan summa kabi rekvizitlar mavjud. Mazkur davlat 
tashkilotlarining rahbarlari oluvchilarini ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va 
boshqa pullik to‘lovlarni Bank-Agentlar orqali ularning shaxsiy hisobraqamiga
yoki kartschyotlarga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlaydigan 
javobgar shaxslarni aniqlaydi. Mazkur davlat tashkilotlari Agentlik Kelishuvini 
tuzgandan keyin ish haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa va boshqa pullik to‘lovlarni


367 
o‘ziga hisoblangan summani shaxsiy hisobraqamiga yoki kartschyotlarga
o‘tkazilishini xohlagan oluvchilarning ro‘yxatini taqdim qiladi. 
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, byudjetning ijrosi jarayonida 
g‘aznachilikdan foydalanish alternativ usullardan biridir. G‘aznachilik asosida 
byudjet mablag‘laridan foydalanishda ularni iqtisod qilish, nazoratni kuchaytirish, 
soliq to‘lovchilarning pulini talon-taroj qilish hollarining oldini oladi. Shuningdek, 
byudjet tashkilotlarining rahbarlarini ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali 
foydalanishga rag‘batlantiradi.
Boshqa mamlakatlardagi g‘aznachilik tizimini joriy etilishi va rivojlanishida 
davlat moliya-axborot tizimini joriy etish davlat moliyasining holati to‘g‘risida 
tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu esa davlat moliyasini 
samarali boshqarishni ta’minlaydi. Mazkur tizimni joriy etish bilan byudjet 
bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, 
byudjet mablag‘larini maqsadsiz sarflanishidan himoyalash va byudjetni 
rejalashtirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin.
Ukraina davlat tizimini boshqarishni takomillashtirish borasida, boshqa 
hamdo‘stlik davlatlar qatorida, davlat byudjeti ijrosining g‘azna tizimi joriy 
qilingan. Unga yuklatilgan eng muhim vazifalar qatorida G‘azna davlat 
mablag‘lari to‘lovlarini kechiktirmaslikni ta’minlash, davlat byudjeti ijrosining 
daromad va xarajat qismlari hisobotlarini amalga oshirishda chalkashlik va 
yanglishishlarning oldini olish. 
Umuman olganda, bu davlat byudjeti ijrosini unumli va samarali 
ta’minlanishini nazarda tutadi. Oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirilishida 
Ukraina Milliy (Markaziy) banki Ukraina g‘aznachiligining agenti sifatida barcha 
davlat mablag‘larini birlashtirilishini ta’minlaydi. G‘aznachilik tomonidan o‘zining 
alohida to‘lov tizimi ishlab chiqilgan. 
G‘aznachilik Milliy bankidagi o‘zining korrespondent hisobi orqali Milliy 
Elektron To‘lovlar Tizimiga a’zo sifatida, barcha to‘lovlarini shu tizim orqali 
amalga oshiradi. Shu maqsadda Milliy bankda maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgan 
Ukraina G‘aznachiligi byudjet taqsimlovilari majburiyatlari hisobini balansdan 


368 
tashqari maxsus hisoblarda olib boradi. G‘aznachilik hisob tizimida barcha 
g‘aznachilikda sodir bo‘lgan to‘lovlar va kelib tushgan mablag‘larni va sarflarni 
aks etishi ta’minlanadi. G‘azna Yagona Hisobi Ukrainada 2001-yildan amal qila 
boshlagan. 
Ukraina G‘aznachiligining o‘ziga xosligi davlat byudjetining g‘aznachilik ijrosi 
va banklar orqali ijrosi bir-birini to‘ldirgan holda amalga oshiriladi. Ish 
o‘rinlarining Avtomatlashtirish va texnik ta’minoti Markaziy bankning Elektron 
To‘lov Tizimi G‘aznachilikning markaziy apparati va uning hududiy bo‘limlarini 
o‘z tarkibiga oladi. Shu bilan birga Milliy bank Elektron Tizimidan farqli ravishda 
g‘aznachilikning ichki to‘lov tizimi yaratilgan va u g‘aznachilikning tuman va 
shahar bo‘limlarida amal qiladi. 
Braziliyada amaldagi davlat moliya axborot tizimi ham e’tiborga loyiq. 
Axborot tizimi barcha davlat jarayonlarini hisoblashga imkoniyat beradi (byudjet 
va byudjetdan tashqari mablag‘larning harakati). Byudjet jarayonlarining barcha 
bosqichlari, byudjet va moliyaviy limitlar doirasidan chiqib ketayotgan har qanday 
jarayonlarni taqiqlaydigan tizim tomonidan ro‘yxatga olinadi va avtomatik 
ravishda nazorat qilinadi.Tizim avtomatik ravishda reyestrni tuzadi va to‘liq 
moliyaviy va hisob-kitob ma’lumotni tayyorlaydi. G‘aznachilik kotibiyati axborot 
tizimi orqali keng vakolatlarga ega va mavjud limitlarning qat’i nazoratini olib 
boradi. 
Yuqorida bayon etilgan barcha o‘zgarishlar, yangiliklar va mexanizmlar 
byudjet 
mablag‘larining 
maqsadli 
sarflanishini 
ta’minlashga, 
byudjet 
mablag‘larining ularning so‘nggi iste’molchilariga yetib borish yo‘llarini 
osonlashtirishga, bu yo‘lda byudjet mablag‘larining yo‘qolib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslikka, byudjet tashkilotlarining ularga mol yetkazib beruvchi kontragentlar 
bilan munosabatlarining ochiq-oydin, shaffof bo‘lishini ta’minlashga, barcha 
byudjet tashkilotlarining elektron auktsion savdolar tizimida teng huquqli hamkor 
sifatida ishtirok etishini yengillashtirishga xizmat qilishi shubxasiz. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling