D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi Daromadlar turi Tashkiliy tasnif Hududiy tasnif x xxx x x x xxx xxx xxx xx xxx Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) tatbiq etilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishda faqatgina “Daromadlar turi” kodi qo‘llaniladi. Xarajatlar tasnifi. Davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar xarajatlari tasnifi barcha byudjet darajalari xarajatlari guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishga byudjet mablag‘larining yo‘naltirilishini aks ettiradi. Xarajatlar tasnifi quyidagilardan iborat: mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi; hududiy tasnif; xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi; xarajatlarning iqtisodiy tasnifi; xarajatlarning iqtisodiy tasnifi (xarajatlar guruhi bo‘yicha); 354 tashkiliy tasnif; Xarajatlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega: Mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi Tashkiliy tasnif Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi Hududiy tasnif x xxx x x x xxx xxx xxx xx xx xxx xx xxx DMBAT to‘liq tatbiq etilguniga qadar xarajatlar smetasini va xarajatlar smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni (davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni qo‘shgan holda) tuzishda “Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi”, “Tashkiliy tasnif” va “Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi” kodlari qo‘llaniladi. G‘aznachilik tizimi samarali faoliyat qilishi uchun byudjet daromadlari va xarajatlarining mukammal ishlab chiqilgan funksional va iqtisodiy tasnifi bo‘lishi lozim. Davlat mablag‘lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini bank tizimidan G‘aznachilikka o‘tkazilishi bilan barcha operatsiyalar yagona G‘aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettiriladi. Bunda konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro etishda, davlat moliyasi bilan amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni o‘z vaqtida va aniq hisobini yuritishda G‘aznachilikning hisob-kitob schyotlari byudjet daromadlari va xarajatlarining tasniflash tizimiga mos kelishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, G‘aznachilikning ma’lumotlar bazasida barcha ma’lumotlar byudjet tasnifiga asosan guruhlanadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling