D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish 
xarajatlari; 
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar 
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira 
jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari; 
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi 
munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini 
qoplash xarajatlari; 
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar 
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag‘lari 
hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning 
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va 
shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar va o‘tkazib 
beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. 
Shuningdek, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar 
amalga oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu 
jumladan: 


262 
- tuman (shahar) xalq ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan 
ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi 
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar 
byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar 
xarajatlari;
- tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-
profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 
tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 
- qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini 
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 
- tuman va shahar madaniyat va sport ishlari bo‘yicha bo‘limlari 
tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, 
shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar 
xarajatlari;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam 
ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va 
moddiy yordam, tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda 
ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni 
o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari. 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
- veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish 
stantsiyalarini saqlab turish; 
- shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek 
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
- uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
- aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari.
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab 
turish xarajatlari;


263 
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish 
xarajatlari; 
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va 
shaharlar byudjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda 
tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va 
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari moliya yili 
mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo‘shimcha, 
ko‘zda tutilmagan xarajatlar o‘z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini 
ta’minlash uchun tashkil etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va 
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari mablag‘lari 
tegishlicha O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va 
Toshkent shahrining shahar byudjetiga tushadigan daromadlar hisobidan 
shakllantiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va 
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari miqdori asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi hamda Davlat byudjetining asosiy 
parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va 
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg‘armalari mablag‘larining 
taqsimlovchilari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimlaridir. Mahalliy byudjetlarning ijrosini ta’minlash moliya, soliq, 


264 
g‘aznachilik organlari tomonidan belgilangan vakolatlar asosida amalga 
oshiriladi.
Hududiy moliya organlari – o‘z tasarrufida O‘zbekiston Respublikasining 
respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik 
shaxs sifatida byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar maqomiga egadir. Bunga 
ko‘ra Byudjet kodeksining 31-moddasida belgilangan vakolatlarga ega, ya’ni: 
- byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun byudjet so‘rovlarini 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; 
- byudjet buyurtmalarini tuzish uchun ko‘rsatkichlarni va materiallarni o‘z 
tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi; 
- xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun o‘z tasarrufidagi 
tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan 
mablag‘lari hajmlarini yetkazadi; 
- o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini, 
shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; 
- tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, 
shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi; 
- xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘z 
tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi; 
- o‘z tasarrufidagi tashkilotlarda byudjet hisobi yuritilishini tashkil etish va 
nazorat qilishni ta’minlaydi; 
- o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi; 
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli davr uchun 
jamlanma moliyaviy hisobotlar taqdim etadi. 
Byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq byudjet 
sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling