D tashmuxamedova


Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjeti va mahalliy byudjetlar 
daromadlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjetiga va mahalliy 
byudjetlarga yo‘naltiriladigan 
mahalliy soliqlar, yig‘imlar, 
bojlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjetiga va mahalliy 
byudjetlarga o‘tkaziladigan 
umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, 
bojlari va boshqa majburiy
to‘lovlar 
Davlat mulki obyektlarini joylashtirish, 
foydalanishga berishdan olingan 
daromadlar 
Meros olish, hadya etish 
huquqi bo‘yicha davlat 
mulkiga o‘tgan pul 
mablag‘lari 
Yuqori byudjetlardan 
beriladigan byudjet 
subventsiyalari, byudjet 
dotatsiyalari va byudjet 
ssudalari 
qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa 
daromadlar 
Yuridik va jismoniy 
shaxslardan, shuningdek chet 
el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul 
tushumlari 


257 
1-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 
daromadlari tizimi
1
 
Byudjet 
tashkilotlarining 
byudjetdan 
tashqari 
shaxsiy 
g‘azna 
hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘larni to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash 
uchun banklar tomonidan shakllantiriladigan elektron to‘lov hujjatlarining 
«to‘lov maqsadi» grafasida To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomada 
ko‘rsatilgan tegishli to‘lov kodlari, shuningdek byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha tegishli byudjetdan tashqari shaxsiy 
g‘azna hisobvaraqlari ko‘rsatilishi lozim. 
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan 
mablag‘larni, shuningdek DMJ va BMJ shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga 
noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larning qaytarilishi g‘aznachilik 
bo‘linmalari tomonidan byudjet tashkilotlari, DMJ va BMJ taqsimlovchi 
organlarning yozma murojaatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq 
rasmiylashtirilgan to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi, bundan davlat 
soliq xizmati organlari tomonidan undiriladigan to‘lovlar mustasno. 
Bojxona organlarining depozit g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni 
to‘lovchilarga qaytarish faqat to‘lov hujjatlari asosida, davlat soliq xizmati 
organlarining tegishli byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan 
mablag‘larni to‘lovchilarga qaytarish esa soliq organlarining tegishli xulosalari 
va to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining mablag‘lari turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida 
quyidagi tarzda qayta taqsimlanadi
• umumdavlat soliqlari va boshqa umumdavlat daromadlari bir qismining 
belgilangan tartibda o‘rnatilgan me’yorlar asosida turli darajadagi byudjetlar 
o‘rtasida taqsimlanishi asosida; 
1
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 52-moddasi asosida.


258 
• yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga byudjet subvensiyalari va 
dotatsiyalarini ajratilishi asosida; 
• yuqori byudjet bo‘g‘inidan quyi byudjet bo‘g‘inlariga, shuningdek, quyi 
byudjet bo‘g‘inlaridan yuqori byudjet bo‘g‘inlariga byudjet ijrosi jarayonida 
yuzaga keluvchi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larning yo‘naltirilishi 
asosida; 
• byudjet ssudalarining ajratilishi asosida. 
Ma’lumki, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan 
byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‘liq: 
• hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‘z daromad 
bazalarining mustahkamligiga; 
• hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik 
va boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‘lamiga; 
• hududlar bo‘yicha tovar (ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga; 
hududlar aholisining soniga
• ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchi 
tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‘lgan ehtiyojiga; 
• hududlar o‘rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun 
hisobga olinadigan boshqa omillarga. 
Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlaridagi kassa tafovuti kassadagi 
naqd pul aylanmasiga, yuqori byudjetlar ssudalari hisobiga, oldingi davrlardagi 
foydalanilmay qolgan byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanadi. 
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy 
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‘lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. 
Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‘ra, balanslashgan 
daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‘lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning 
haqiqatdagi taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. 
Qonunga muvofiq, mahalliy byudjetlar uchun quyidagilar ta’qiqlanadi: 


259 
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilmagan manbalar 
hisobiga o‘z byudjetlarini to‘ldirish yoki maqsadli fondlar tashkil etish. 
2. Byudjet ssudalaridan tashqari boshqa har qanday qarz olishlarni amalga 
oshirish. 
3. Byudjet qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari, o‘z byudjet 
xarajatlarini tasdiqlangan ajratmalardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yish. 
4. Boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va vasiylik xatlari 
berish. 
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalarini berish

Mahalliy byudjetlarning xarajatlari tarkibi Byudjet kodeksida belgilangan 
bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning 
viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi 
xarajatlar amalga oshiriladi
1


Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling