Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida
Download 83.69 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-474-сон 12.04.2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
- 2-modda. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik
- 3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI JAMOATCHILIK NAZORATI TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15- noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2018-yil 29-martda ma’qullangan 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qonunchilikda kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin. Referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, shuningdek mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, sud ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida qonunchilik bilan tartibga solinadi. (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir. Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. (3-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ- 683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3837-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom . Download 83.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling