Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida


-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti


Download 83.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana24.12.2022
Hajmi83.69 Kb.
#1058204
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘RQ-474-сон 12.04.2018

4-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat,
tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini
himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta’minlashga;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va
funksiyalarni bajarishga;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;


ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va
dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir.
5-modda. Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari
Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;
jamoatchilik nazorati subyektlarining xolisligi va beg‘arazligi;
jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;
jamoatchilik nazorati subyektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari
faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari
Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;
davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
jamoatchilik muhokamasi;
jamoatchilik eshituvi;
jamoatchilik monitoringi;
jamoatchilik ekspertizasi;
jamoatchilik fikrini o‘rganish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor
shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi
mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling