Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida
-modda. Jamoatchilik ekspertizasi
Download 83.69 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-474-сон 12.04.2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-modda. Jamoatchilik fikrini o‘rganish
12-modda. Jamoatchilik ekspertizasi
Jamoatchilik ekspertizasi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni o‘rganish hamda baholashdan iboratdir. Oldingi tahrirga qarang. Jamoatchilik ekspertizasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda o‘tkazishi mumkin. (12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrdagi O‘RQ-409-son “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-408-son “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9- dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi . Jamoatchilik ekspertizasining tashkilotchisi tegishli sohada zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jamoatchilik asosida jalb etishi ham mumkin. 13-modda. Jamoatchilik fikrini o‘rganish Oldingi tahrirga qarang. Jamoatchilik fikrini o‘rganish turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonunchilik talablariga rioya etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yig‘ish, umumlashtirish hamda tahlil etishdan iboratdir. Jamoatchilik fikrini o‘rganishni nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq o‘tkazishi mumkin. (13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ- 683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 83.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling