Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida


-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari


Download 83.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana24.12.2022
Hajmi83.69 Kb.
#1058204
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘RQ-474-сон 12.04.2018

14-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari
mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish
Fuqarolar yig‘ini:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi
hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar
yuzasidan hisobotlarini;
ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining, joylardagi ta’lim muassasalari
rahbarlarining hisobotlarini;
tegishincha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotini;
tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni muhofaza qilish,
hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga doir
hisobotlarini eshitadi.
15-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari
Jamoatchilik nazorati subyektlari:
jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga,
ularni tashkil etishga, shuningdek ularda ishtirok etishga;
Oldingi
 tahrirga qarang.
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonunchilikka muvofiq
davlat organlaridan so‘rab olishga;
(15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlashga hamda ularni tegishli
davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari
buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
yuborishga;


davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari
(harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud
qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga;
jamoatchilik nazorati natijalarini e’lon qilishga haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoatchilik nazorati subyektlari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(15-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya
etishi;
davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga
oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organlarining faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyati
uchun to‘siqlar yaratmasligi;
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga
yo‘l qo‘ymasligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan
cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling