Jamoatchilik nazorati to‘G‘risida


-modda. Jamoatchilik nazoratining natijalari


Download 83.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana24.12.2022
Hajmi83.69 Kb.
#1058204
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘RQ-474-сон 12.04.2018

17-modda. Jamoatchilik nazoratining natijalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma shaklida
yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan
majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
18-modda. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati
tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu
Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(20-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-aprel,
O‘RQ-474-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 03/18/474/1062-son; Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling