D tashmuxamedova
Hududiy g‘aznachilik organlari faoliyati
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining
8.3. Hududiy g‘aznachilik organlari faoliyati Hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari. 1 Davlat moliyasini isloh qilish, davlat byudjetining g‘azna ijrosini joriy etish, byudjet mablag‘larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi. Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi” hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Davlat byudjetining kassa ijrosi, daromadlar va xarajatlar ustidan nazorat hamda byudjet mablag‘larini boshqarish soxasidagi vazifalari: Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushgan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish; Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shu- ningdek, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa 1 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 3-moddasi. 267 uzilishlari oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish; Shartnomalarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirishdagi va- zifalari: Byudjet tashkilotlarining tovarlar yetkazib beruvchilar bilan shartno- malarni, shuningdek, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmalarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga yo‘naltirilishi ustidan qat’i nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan hamda ajratilgan limitdan ortiqcha xarajatlarni oldini olish. Byudjet tashkilotlarini, jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra vositachilik xizmatlaridan voz kechish. Davlat byudjeti G‘aznachilik tizimiga o‘tilganda byudjet muassasalari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar uchun to‘lovlar moliyaviy maj- buriyatlarni tasdiqlovchi va xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartno- malarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovarlar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan joriy nazoratni ta’minlashga erishildi. G‘aznachilikka O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G‘aznachisi rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 268 buyrug‘iga muvofiq G‘aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G‘aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi. Moliya vazirligi G‘aznachiligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi 4- rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga zarur hollarda G‘aznachilikning markaziy apparati va uning bo‘linmalari tuzilmasiga moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilgan. G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi. G‘aznachilikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi G‘aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G‘aznachilik bo‘linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi G’aznachilik markaziy apparati Viloyatlar bo’yicha G’aznachilik Boshqarmalari (12 t a) Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik Boshqarmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi Tumanlar va shaharlar bo’yicha G’aznachilik bo’limlari 269 1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling