D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
nizom
(ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g‘aznachilik bo‘linmasiga taqdim etiladi. Bunda inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining «Mablag‘larni oluvchining nomi» ustunida «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi», «Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i» ustunida – YaG‘H, «To‘lov maqsadida» ustunida – to‘lov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i hamda inkasso topshiriqnomasini yoki to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun asos bo‘lgan hujjatlar rekviziti ko‘rsatiladi. Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi: - to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida xizmat ko‘rsatilganida besh nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, YaG‘Hga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi; 274 - bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi; - hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g‘aznachilik bo‘linmasi to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki tumanda) joylashgan bo‘lsa) to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. Buyurtmachilar tomonidan to‘lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda xizmat ko‘rsatuvchi g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagicha taqdim etiladi: 275 -to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi - buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. -oluvchi va to‘lovchiga turli banklarda xizmat ko‘rsatilganida to‘rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi nusxalari g‘aznachilik bo‘linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To‘lov talabnomasining to‘rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko‘rsatilib, to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. G‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda buyurtmachining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining 276 g‘aznachilik bo‘linmasiga inkasso topshiriqnomasini va to‘lov talabnomasini qo‘yish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga beriladi Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling