D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
 
 
 
 
 
 
 
 


280 
 
9-BOB. G‘aznachilikda davlat xaridlarini tashkil etish 
Reja 
9.1. Davlat xaridi to‘g‘risida tushuncha. Uning obyektlari va subyektlari.
 
9.2. Davlat xaridlarini amalga oshirishda G‘aznachilikning o‘rni. 
9.3. O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini amalga oshirish mexanizmlari 
va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish. 
 
1. Davlat xaridi to‘g‘risida tushuncha. Uning obyektlari va subyektlari 
 
Ma’lumki, davlat sektorining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning uzluksiz va samarali faoliyati uchun 
tegishli tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan o‘z vaqtida ta’minlab turish zarur bo‘ladi. 
Davlat xaridlari esa ayni shu maqsadda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Umuman, «xarid» o‘zi nima, degan savolning javobini esa hammamiz yaxshi 
bilamiz. Hayotiy zarur ehtiyojlarimiz uchun, kundalik ro‘zg‘orimiz uchun har kuni 
bo‘lmasayam kunora nimalardir xarid qilamiz. Hech narsa xarid qilmasdan, hech 
nimaga ehtiyoj sezmasdan yashash mumkin bo‘lmaganidek, davlat ham xalq oldidagi 
vazifalarini bajarish uchun har yili kerakli mahsulotlar va xizmatlarni xarid qiladi. 
Sodda qilib aytganda, davlatning ham o‘z ro‘zg‘ori bor. Faqat bu ro‘zg‘or 
tasavvurimizdagidan ancha katta. Uning xaridlari biz bozorga olib chiqadigan 
xarajatlar ro‘yxatidan bir necha million, balki milliard marta ulkan va murakkab 
bo‘ladi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xaridlarining miqdori rivojlanish darajasi va 
iqtisodiy qudratiga qarab dunyoning turli davlatlarida turlicha. Bu xaridlar 
aksariyat mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan 30 foizigacha 
bo‘lgan miqdorni yoki davlat byudjetining qariyb uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Davlat xaridlari – bu davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, 
bajariladigan ishlar va xizmatlarga aytiladi, ya’ni davlat xaridi davlat ehtiyojlari 


281 
uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to‘liq davlat mablag‘lari evaziga sotib 
olinishidir. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida “davlat xaridlari – 
byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) xarid qilish” deb ta’rif berilgan. 
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va 
xizmatlarga quyidagilar kiradi: 
tovarlarga – xomashyo, materiallar, uskunalar, qattiq, suyuq va gaz holatidagi 
predmetlar, elektr energiyasi, shuningdek, tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha 
xizmatlar qiymati (agar u tovarning bahosidan yuqori bo‘lmasa) kiritiladi; 
ishlarga – qurilish, ta’mirlash, bino, inshoot va obyektlarni qurish yoki 
ta’mirlash bilan bog‘liq faoliyat turlari, shuningdek, gruntlarni qazish, yangidan 
qurish, jihozlash, qurilish-montaj ishlari uchun qurilish maydonlarini tayyorlash va 
boshqa qurilish ishlari (masalan, geodeziya, burg‘ulash bo‘yicha ishlar, aero va 
sun’iy yo‘ldosh orqali sur’atga olish, seysmik tadqiqotlar o‘tkazish (agar ushbu 
xizmatlar bahosi asosiy ishlar bahosidan yuqori bo‘lmasa)) kiradi; 
xizmatlarga – tovar va ishlarga taalluqli bo‘lmagan barcha xarid predmeti 
kiritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-apreldagi “Davlat xaridlari 
to‘g‘risida”gi qonunida keltirilganidek, davlat xaridi – tovar (ish va xizmat)larni 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling