D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari qo‘yidagilardan iborat:

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlarini amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan 
davlat 
byudjeti 
va 
boshqa 
markazlashtirilgan 
manbalar 
mablag‘larining maqsadli va ratsional ishlatilishi, shuningdek davlat xaridlari 
sohasida qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish; 

davlat xaridlari samaradorligi ustidan doimiy monitoringni amalga 
oshirish, ularni takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ishlab chiqish va qabul 
qilish; 

davlat xaridlari jarayoniga kichik biznes subyektlarini faol va keng 
ko‘lamda jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;

tender (konkurs) va birja savdolarida ishtirok etuvchi barcha subyektlar 
vakillarining malakasini oshirishga imkon yaratish, umumqabul qilingan xalqaro 
norma va standartlarni joriy qilish. 
Davlat xaridlari bo‘yicha hukumat komissiyasining ishchi organi etib 
tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat edi
98

98
Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to‘g‘risida Nizom. O‘zR VMning 
“Davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori. 2011-yil 1-aprel, 100-son. 1-ilova.


289 

davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda 
yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni shakllantirish 
jarayonini nazorat qilish;

Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan 
uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarini va qarorlari 
loyihalarini tayyorlash;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok 
etuvchi boshqa tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Hukumat 
komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda 
qatnashish. 
2018-yil 9-aprelda qabul qilingan "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligi hamda bu sohada 
tadbirkorlarning raqobat kurashuvini ta’minlashga xizmat qilishi nazarda tutilgan. 
Shuningdek, davlat byudjeti, markazlashtirilgan manbalar va davlat ulushiga 
ega bo‘lgan korxonalar mablag‘laridan samarali foydalanishga imkon yaratadi. 
Qonun xaridlarning besh tartib-taomilini belgilaydi, shundan ikkitasi davlat xaridi 
bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid tartib-
taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li bilan 
ta’minlanadi. 
Elektron do‘kon va auktsionda g‘olibni aniqlash avtomatik tarzda elektron 
tizim orqali amalga oshiriladi. Maxsus talablar tatbiq etilmaydigan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) elektron do‘kon orqali xarid qilinadi. Byudjet buyurtmachilari uchun 
eng kam ish haqining 25 baravari, yiliga eng kam ish haqining 2500 baravaridan, 
korporativ buyurtmachilar uchun yiliga eng kam ish haqining 250 baravaridan 
ortiq bo‘lmagan limitlar o‘rnatildi. 
Avval elektron savdo orqali birjada faqat 10-13 tovar, ish, xizmatlar guruhi 
ro‘yxatga kirgan, 100 ming AQSh dollari qiymatigacha faqat birinchi darajada 
zarur tovarlar xarid qilingan. Tanlov savdolari o‘rnatilgan mezonlarga javob 


290 
beradigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning barcha turlariga tatbiq etiladi. Ilgari tanlov 
savdolarini o‘tkazish mexanizmi faqat kapital qurilish sohasida amal qilar edi. 
Tender tanlovlari uchun byudjet buyurtmachilariga – yiliga eng kam ish haqining 
6000, korporativ buyurtmachilarga esa yiliga eng kam ish haqining 25000 
baravaridan yuqori limitlar o‘rnatilgan. 
Qonunda xarid qilish tartib-taomillari ustidan monitoring va nazorati tartibga 
solingan. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha 
tuzilayotgan komissiyaning faoliyati xaridlarning barcha turlariga tatbiq etiladi. 
Ilgari davlat xaridlarini nazorat qilish masalasi tartibga solinmagan, nizo va 
kelishmovchiliklar faqat elektron savdolar bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan 
ko‘rib chiqilgan. Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali xarid.uz internet 
manzilida rasman ishga tushdi. Endilikda portalda davlat xaridlari bo‘yicha barcha 
e’lonlar va ularning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari elektron do‘kon 
va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan elektron auktsion shakllarida 
o‘tkaziladi. 
Elektron do‘kon orqali xarid qilish, elektron do‘konning ish tartibi va undan 
foydalanishga oid masalalar batafsil yoritilgan. Auktsion orqali xaridlarni amalga 
oshirishning barcha jarayonlarini tartibga soluvchi qoidalar aks etgan. Davlat 
xaridlari bo‘yicha tanlov va tenderlarni o‘tkazish mezonlarining aniq belgilab 
qo‘yilgani ham muhim ahamiyatga ega. Bunda xarid komissiyasining faoliyati
tanlov va tender o‘tkazish uchun e’lonlar, ularda ishtirok etish uchun takliflarni 
berish, ularni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha shartnomalarni tuzish tartibi nazarda 
tutilgan. 
Davlat xaridlarida mamlakatimiz tadbirkorlik subyektlari uchun yangilliklar 
va ularni qo‘llash tartibi keltirilgani alohida e’tiborga molikdir. Xarid qilish tartib-
taomillarining davlat va jamoatchilik nazorati, xaridlar samaradorligining tahlili 
orqali davlat xaridlarini monitoring va nazorat qilishga ahamiyat berilgan. 
Shuningdek, xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va 
shaffoflik printsiplarini ro‘yobga chiqarish orqali amalga oshiriladi. 


291 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling