D tashmuxamedova


Davlat xaridlari tizimida avans to‘lovi nima va uning miqdori


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Davlat xaridlari tizimida avans to‘lovi nima va uning miqdori
Avans to‘lovi bu buyurtmachi va ishtirokchi tomonidan kiritiladigan
operatorning vositachilik yig‘imlarini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga olgan 
moliyaviy mablag‘lar summasi. Har ikki toifadagi buyurtmachilar uchun avans 
to‘lovi bir xil, ya’ni komission yig‘imlar 0,15 % va lotning boshlang‘ich narxidan 
3 % qismiga teng. Farqi shundaki, korporativ buyurtmachilar komission yig‘im va 
avans to‘lovini Hisob-kitob kliring palatasidagi ikkilamchi hisob varag‘iga, byudjet 
buyurtmachilari 
esa 
Hisob-kitob 
kliring 
palatasining 
Moliya 
vazirligi 
g‘aznachiligidagi maxsus shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkazadi. 
Elektron davlat xaridlarida buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar ishtirok 
etishi uchun eng asosiy va muhim afzallik shundaki, davlat xaridlari bo‘yicha 
barcha 
operatsiyalar 
Elektron 
raqamli 
imzodan 
foydalangan 
holda 


301 
buyurtmachining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Bu esa O‘zRTXBga 
kelish majburiyatidan ozod qiladi, ya’ni davlat xaridlarida ishtirok etishingiz uchun 
qog‘oz shaklidagi hujjatlar talab etilmaydi, barcha operatsiyalar – ro‘yxatdan 
o‘tishdan tortib to tovarni sotish yoki qabul qilib olishgacha bo‘lgan jarayon 
elektron tarzda amalga oshiriladi. 
Buyurtmachilar maxsus axborot portaliga reja jadvalni joylashtiradilar. 
Portalda barcha e’lonlar buyurtmachining shaxsiy kabineti orqali amalga 
oshiriladi. 
Buyurtmachilar 
o‘z shaxsiy kabinetiga kirgach, “E’LON 
JOYLAShTIRISh” tugmasi bosiladi va “Reja jadval” bandi tanlanadi. 
Reja jadvalda quyidagi qatorlar ochiladi va ularni to‘ldirish talab etiladi: 

Mavsum (yil yoki chorak). 

Tovar kategoriyasi. 

Buyurtma nomi. 

Tovar miqdori. 

O‘lchov birligi. 

Savdo o‘tkazilish oyi. 

Moliyalashtirish manbai. 
Davlat xaridlarini o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon moderatsiyadan o‘tkaziladi. 
Lotda savdo boshlanadigan oy ko‘rsatilishi shart. Elektron do‘kon orqali xaridlarni 
amalga oshirish uchun xarid qilinadigan tovar va xizmatlar bo‘yicha chegaralar 
belgilangan: 

Tovarlar bo‘yicha byudjet buyurtmachilari uchun eng kam oylik ish 
haqining 25 baravarigacha, korporativ buyurtmachilari uchun eng kam oylik 
ish haqining 250 baravarigacha bo‘lgan miqdorda xaridni amalga oshirilishi 
mumkin. Bu miqdor yiliga eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan 
oshib ketmasligi kerak. 

Ish yoki xizmat bo‘yicha byudjet buyurtmachilar ham, korporativ 
buyurtmachilar ham eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha bo‘lgan 
miqdordagi xaridni amalga oshirishlari mumkin. 


302 
Elektron do‘konda buyurtmachi sifatida zarur bo‘lgan tovarni tanlashda 
davlat xaridlari bilan bog‘liq har qanday operatsiyani amalga oshirish uchun 
avvalo, shaxsiy kabinetga kirishingiz lozim. Shaxsiy kabinetga esa elektron 
raqamli imzo yordamida kiriladi. Shaxsiy kabinetga kirgach, “Tovarlar 
katalogi” bo‘limi orqali filtrdan foydalangan holda zarur tovarni tanlashingiz 
mumkin. 
Quyidagi parametrlarga ko‘ra qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin: 

Tovar raqami. 

Tovar kategoriyasi. 

Tovar nomi. 

Tovarni etkazib berish hududi. 

O‘rtacha narx berish orqali. 

Tovar sonini ko‘rsatish orqali. 

Ishlab chiqarilgan mamlakat. 
Elektron do‘konda zarur tovarni tanlagach, mazkur lotning barcha 
parametrlari va shartlari bilan sinchiklab tanishib chiqishingiz kerak. Agar tovar 
barcha 
talablaringizga 
mos 
kelsa, 
siz 
narxlar 
so‘rovi 
mexanizmini 
faollashtirishingiz mumkin. Buning uchun: 

Tovar yetkazib berish hududi. 

Tovar yetkazib berish tumani tanlanadi. 

Zarur partiya miqdori kiritiladi. 

Hisobraqam aniqlanadi. 

Xarajatlar moddasi tanlanadi (byudjet buyurtmachilari uchun) 

“NARXLAR SO‘ROVI” tugmasini bosgan holda, Narxlar so‘rovi 
mexanizmini faollashtirishingiz mumkin. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling