D tashmuxamedova
Elektron do‘konda Narxlar so‘rovi mexanizmining ishlash tartibi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyurtmachilar tomonidan to‘lovni o‘tkazish tartibi
Elektron do‘konda Narxlar so‘rovi mexanizmining ishlash tartibi
Buyurtmachi shaxsiy kabinetga kirib, o‘ziga zarur tovarni tanlagach, narxlar so‘rovi mexanizmini ishga tushirishi mumkin. Mazkur mexanizm ishga tushgach, elektron tizim byudjet buyurtmachisi bo‘yicha zarur mablag‘lar mavjudligini tasdiqlash uchun talab etilayotgan to‘lovlar so‘rovnomasini avtomatik tarzda 303 Moliya vazirligining G‘aznachiligiga yuboradi. G‘aznachilik tomonidan mablag‘lar mavjudligi tasdiqlanganidan keyin, byudjet buyurtmachisi avans to‘lovini kiritadi va savdo boshlanadi. Albatta, savdolar boshlanishi uchun Buyurtmachi yetarli avans to‘lovlarini kiritishi lozim. Savdolar jaryonida ishtirokchilar 48 soat mobaynida lot bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari mumkin. 48 soat yakunlangach, mexanizm eng past narx bergan ishtirokchini savdoning g‘olibi deb topadi. Keyin buyurtmachi va g‘olib ishtirokchi o‘rtasida shartnoma avtomatik tarzda ularning shaxsiy kabinetida elektron shaklda tuziladi va ro‘yxatga olinadi. Agar ishtirokchilardan hech qaysi biri narx taklif etmasa, buyurtmachi va ofertani joylashtirgan ishtirokchi o‘rtasida shartnoma tuziladi va ro‘yxatga olinadi. Buyurtmachilar tomonidan to‘lovni o‘tkazish tartibi Shaxsiy kabinetda buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin, byudjet buyurtmachisi 10 kun ichida Birjaning G‘aznachilikdagi maxsus hisob varag‘iga pul o‘tkazadi. Korporativ buyurtmachisi esa pul mablag‘ini 10 kun ichida Birjaning hisobraqamiga o‘tkazadi. Birja ijrochiga shaxsiy kabinet orqali 100% to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar yuboradi. Ijrochi shartnomada belgilangan muddat ichida va uning boshqa shartlariga muvofiq tovarni yetkazib beradi. Tovar qabul qilingach, buyurtmachi 3 kun ichida Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobotining avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi orqali tovarni to‘liq hajmda qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar jo‘natadi. Shartnoma bo‘yicha mablag‘ Hisob-kitob kliring orqali, tovar buyurtmachiga to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng ijrochiga o‘tkaziladi. Byudjet buyurtmachilari toifasida tovar to‘liq yetkazib berilgach, 3 % zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan avtomat tarzda byudjet buyurtmachisining tegishli shaxsiy hisob varag‘iga qaytariladi. 304 Buyurtmachi belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmaca, bunday hollarda belgilangan tartibga ko‘ra, agar buyurtmachi shartnomada belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmasa, uning zakalat mablag‘i 3 ish kunida Ijrochining Hisob-kitob kliring palatasidagi hisob varag‘iga o‘tkaziladi. Sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq buyurtmachi yoki ijrochining zakalati banddan yechiladi yoki jarima sifatida zarar ko‘rgan tomonga o‘tkaziladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling