D tashmuxamedova
G‘aznachilik tizimi nazorati –
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
G‘aznachilik tizimi nazorati – byudjetdan mablag‘ oluvchilarning
majburiyatini ijroga qabul qiladi va keyin taqdim qilingan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun g‘aznachilik ularning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan vakolatni o‘ziga oladi va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida to‘lovni amalga oshirish maqsadida byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xo‘jalik shartnomalarini majburan ro‘yxatdan o‘tkazadi va narxlar monitoringini, byudjet me’yorlariga rioya qilinishini dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi. Dastlabki moliyaviy nazorat moddiy va moliyaviy resurslarni samarasiz ishlatilishining oldini olishga xizmat qilib, bu nazoratni amalga oshirish jarayonida qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari, ko‘zda tutilgan xarajatlarning asoslanmaganligini aniqlash mumkin. Nazoratning bu shaklida xo‘jalik operatsiyalarining moliyaviy yoki byudjet yilining boshlanishidan oldinroq qonunlar va me’yoriy hujjatlar talablarini buzilishini oldi olinadi 106 . 105 O‘bekiston Respublikasi Byudet kodeksining 176-moddasi asosida. 106 Vahobov A. V., Malikov T.S. Moliya: Darslik. T.: Noshir, 2012. 712 b. 317 3-rasm. O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari Byudjet moliyaviy nazoratining maxsus uslublari: doimiy monitoring- kuzatuv, markazlashgan topshiriqlar bo‘yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo‘jalik faoliyati tahlili singari usublarga bo‘linadi. Oraliq vazifalarni bajarish uchun muqobil tekshirish, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni ro‘yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi. G‘aznachilik tizimiga o‘tishgacha bo‘lgan davrda byudjet ijrosi jarayoni 2 bosqichni o‘z ichiga oladi: byudjet tushumlarini taqsimlash va byudjet mablag‘larini davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hisobraqamlariga o‘tkazish. Davlat byudjeti mablag‘larining keyingi taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog‘liq. Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini esa buxgalteriya hisoboti orqali tekshirish mumkin. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling