D tashmuxamedova


 G‘aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

10.4. G‘aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish 
 
O‘zbekiston Respublikasida davlatning byudjet siyosati vazifalarini barqaror 
va samarali amalga oshirilishida byudjet nazorati tizimi muhim rol o‘ynaydi. Shu 
nuqtai nazarda mamlakatda byudjet ijrosini joriy nazoratini g‘aznachilik organlari 
amalga oshiradi.
Davlat byudjetini boshqarishni tashkil qilish ishlarini yuqori darajaga 
ko‘tarishni g‘aznachilik tizimisiz ta’minlash mumkin emas. Chunki g‘aznachilik 
tizimi byudjet daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirish hamda moliyaviy 
nazorat asosida ijro qilish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasida 
g‘aznachilik tizimida moliyaviy nazoratni takomillashtirish va xalqaro 
tajribalaridan 
samarali 
foydalanishga 
e’tibor 
qaratish, 
g‘aznachilik 
operatsiyalarining nazoratini takomillashtirish muhim vazifa etib belgilangan. 
Davlat moliyaviy nazorati tizimining asosini byudjet nazorati tashkil etadi, u 
bir tomondan, resurslarning hal qiluvchi qismini o‘zida jamlaydigan davlat 
byudjeti mablag‘larining shakllanishi va ishlatilishini tartibga solish imkonini 
beradi, ikkinchi tomondan esa, barcha moliya bo‘g‘inlari, g‘aznachilik organlari va 
byudjet muassasalarining smeta asosida xarajatlarni moliyalashtirish amaliyotidagi 
o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.


334 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnologik 
yangilanish 
davrida 
byudjet 
nazoratining 
barqaror 
ijtimoiy 
iqtisodiy 
rivojlantirishdagi roli yanada oshdi. Aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida 
byudjetdan ancha miqdorda mablag‘ talab qilinadi. Ushbu mablag‘larni to‘liq va 
o‘z vaqtida yetkazib berish, asosan, samarali byudjet nazorati orqali ta’minlanadi. 
Shunday ekan g‘aznachilik faoliyati nazorati hozirgi davrda respublika va uning 
hududlarida davlat byudjeti samarali ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va 
joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan 
birgalikda g‘aznachilik organlariga ham yuklatiladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizning moliya-byudjet tizimida katta islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Islohotlarning maqsadi byudjet siyosatida byudjet 
kamomadining o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet xarajatlarining 
samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va yo‘naltirilganlik 
bo‘lishini ta’minlashdir. Islohotlar byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash 
tartibini takomillashtirish, byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarni mablag‘ bilan 
ta’minlash mexanizmini soddalashtirish, byudjet mablag‘laridan foydalanishda 
yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash, 
byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyatining yanada 
samarali bo‘lishini ta’minlash, shart-sharoitlar yaratish, byudjet mablag‘laridan 
tejab, samarali va aniq foydalanish hamda byudjet intizomini mustahkamlash 
uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish, mas’uliyatini 
oshirish kabi yo‘nalishlarda olib borilmoqda.
Byudjet mablag‘laridan foydalanishda smeta-shtat intizomiga rioya etishlik
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larni 
xarajatlar 
smetasida 
ko‘zda 
tutilgan 
maqsadlarga 
yo‘naltirish, 
byudjet 
mablag‘laridan foydalanishda amaldagi qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar 
talablariga qat’i rioya qilishni ta’minlash, turli xil o‘g‘irlik, kamomad, 


335 
suiiste’molliklarni oldini olishda g‘aznachilikning moliyaviy nazorati muhim o‘rin 
tutadi. 
G‘aznachilik nazorat faqatgina byudjet mablag‘larini xarajat qilinishi ustidan 
emas, balki byudjetning daromadlarini shakllantirishda ham samarali bo‘lmog‘i 
lozim. Ya’ni byudjetga tushishi lozim bo‘lgan daromadlarni o‘z vaqtida va to‘liq 
tushirishni va Yagona G‘azna hisobraqamlarida kirim qilinishini ta’minlash, 
byudjetga qo‘shimcha daromadlar manbalarini aniqlashda g‘aznachilik ijrosi 
nazorati muhim o‘rin tutadi. 
Byudjet mablag‘larini shakllantirish va ulardan oqilona xarajat qilinishi 
ustidan g‘aznachilik faoliyati nazoratining samaradorligini oshirish uchun quyidagi 
ishlarni amalga oshirmoq lozim: 
- byudjet tizimi byudjetlari ijrosi bo‘yicha to‘liq «shaffoflik»ni, ya’ni osh-
koralikni ta’minlash. Byudjetga soliq va boshqa to‘lovlarni amalga oshiruvchi har 
bir yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga to‘lagan mablag‘lari qanday 
maqsadlarga sarflanganligi haqida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega bo‘lishi 
kerak. 
- byudjet tizimi byudjetlari ijrosi ustidan nazorat qiluvchi vakolatli organlar 
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, tajriba va axborot almashuv tizimini yo‘lga qo‘yish 
lozim. Bunda obyektlarni birin-ketin tekshirish, ya’ni bir-birini takrorlamaslikka 
e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi «Mahalliy 
byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet 
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5075-sonli 
Farmoni
 
ijrosini ta’minlash hamda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish 
va 
xarajatlarini 
maqbullashtirishda 
ularning 
manfaatdorligini 
oshirishni 
ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va 
majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv 
xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat byudjet 


336 
inspektorlari lavozimlari joriy etildi va ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar 
belgilandi
112

- mahalliy byudjetlar parametrlarining byudjet to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va 
ijro qilinishini monitoring qilish
- byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar 
smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi bo‘yicha nazoratni 
ta’minlash
- mahalliy byudjetlarda aylanma kassa mablag‘larining saqlanishi, 
daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablag‘lari 
miqdorlarining to‘g‘ri aniqlanishi ustidan monitoring qilish
- mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda Xalq deputatlari Kengashi 
va yuqori moliya organiga taqdim etilishini ta’minlash
- mahalliy byudjetlar hisobidan byudjet tashkilotlari tomonidan amalga 
oshiriladigan davlat xaridlarini, shu jumladan, e’lonlar berish muddatlari 
belgilanishi 
hamda 
to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilishi maqsadga 
muvofiqligini nazorat qilish
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Mahalliy 
byudjetlarni 
shakllantirishda 
joylardagi 
davlat 
hokimiyati 
organlarining 
vakolatlarini 
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-iyundagi Farmoni PF-
5075-son ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasiga
muvofiq hamda 
mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori 
turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy kommunal, 
transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik 
yangilash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni 
112
O‘zg‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi 
mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” PQ-3042-son qarori. 


337 
so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil 
ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi 2018-yilgi soliq va byudjet siyosati Kontseptsiyasi doirasida 
respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hisobiga 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling