D tashmuxamedova
Byudjet g‘azna ijrosini ta’minlashda “UzASBO”
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
11.3. Byudjet g‘azna ijrosini ta’minlashda “UzASBO”
avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari Davlat byudjetini ijro etish jarayonida bo‘ladigan byudjet operatsiyalari hisobi, yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi turlariga bo‘linadi 120 : 120 Pulatov D., Nurmuxamedova B., “G‘aznachilik” Darslik. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2014. 314 b. 355 byudjet (davlat byudjeti (respublika va mahalliy byudjetlar), davlat maqsadli jamg‘armalari) ijrosi operatsiyalari hisobi; byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini ijro etish operatsiyalari hisobi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 24-bob, 161-moddasiga ko‘ra, byudjet hisobi byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir. Byudjet hisoboti byudjet hisobi ma’lumotlari asosida belgilangan shakllar bo‘yicha tuziladigan aktivlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir. Byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona metodologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Byudjet Kodeksi, Byudjet hisobining standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Byudjet hisobining standartlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobi: moliya organlari; g‘aznachilik bo‘linmalari; davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari; byudjet tashkilotlari; davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yuritiladi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi bo‘yicha byudjet hisobi kassa usuli bo‘yicha yuritiladi. 356 Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasi qator yo‘nalishlar bilan birgalikda, yangi byudjet tasnifi va buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasiga asoslangan yagona byudjet va hisob tizimini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Bu strategik vazifani bajarish doirasida byudjet hisobining va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning yangi, takomillashgan va kompyuterlashgan tizimi bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 30-apreldagi 63-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida hamda byudjet tashkilotlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, Moliya vazirligining tegishli tuzilmalariga quyidagi vazifalar yuklatildi: 2013-yil 1-iyulgacha muddatda “UzASBO” Kompyuter dasturi (KD) ni puxta ishlab chiqish; 2013-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda shtat, tarmoq ko‘rsatkichlari, binolar, inshootlar va quvvati ko‘rsatkichlari hamda byudjet tashkilotlarining boshqa zarur parametrlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi “Pasportizatsiya” modulini ishlab chiqish va kiritish, doimiylik asosida “UzASBO” KD modullarini takomillashtirib borish va amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha metodologik qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish; 2013-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda “UzASBO” KDni zarur hollarda, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yoki yangilarini qabul qilish natijalari bo‘yicha puxta ishlab chiqishni hisobga olib, uni qo‘llash bo‘yicha Qo‘llanma ishlab chiqish; 2013-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Toshkent shahrining Yunusobod va Sergeli tumanlarida “UzASBO”ni test sinovidan o‘tkazish uchun ushbu tumanlarning mahalliy byudjetlaridan mablag‘ oluvchilarning hammasini “UzASBO” KDga ulash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling