D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

tizimining modellari 
G‘aznachilik tizimi davlatning markaziy hukumati va hududlardagi boshqaruv 
organlarining asosiy moliyaviy xizmatlarini ta’minlaydi. Bu xizmatlar qatorida: 
davlat mablag‘lari to‘lovlarini amalga oshirish, mablag‘lar harakati hisobi va 
hisobotini ta’minlashi, fiskal hisobot va boshqalar ko‘rsatiladi. Rivojlangan 
davlatlar moliya vazirligi va boshqa tarmoq vazirliklari uchun davlat moliyasini 
shakllantirish, ijro qilish va nazorati bo‘yicha funksional bog‘liq tarzda kompyuter 
tizimini tuzadi va doimiy ravishda takomillashtiradi. Shu bilan birga, bu yaxlit – 
integrallashgan tizim, ixtisoslashtirilgan kompyuter dasturlari, byudjetning barcha 
darajadagi mahalliy byudjetlarga ishlov berish, davlat qarzini boshqaruv 
vazifalarini optimallashtirish, byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va 


375 
birlashtirish, mahalliy moliya organlari va boshqa tashkilotlarining moliyasini 
boshqarish funksiyalari uchun alohida ixtisoslashgan dasturlarni o‘z ichiga oladi. 
Ilmiy adabiyotlarda g‘aznachilik tizimining turli ta’riflari uchraydi. Quyida 
shu ta’riflardan birini keltiramiz:
“G‘aznachilik tizimida byudjetdan mablag‘ oluvchilar topshirig‘iga ko‘ra 
to‘lov majburiyatlarini ijroga qabul qilib olish, va tovarlar yetkazib berilishi, 
bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bevosita to‘lovlarni amalga 
oshirilishini g‘aznachilik amalga oshiradi va bunda byudjet mablag‘laridan 
maqsadli foydalanishni ta’minlaydi”
128

Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari Barri Poter va Jek Daymondlarning 
ta’riflashicha: 
“Davlat moliyasini boshqarish maqsadida integrallashgan axborot tizimi – 
yoki g‘aznachilik tizimi – bu to‘lovlar, hisobot va moliya boshqaruvini amalga 
oshiruvchi tizimki unga moliya vazirligi, g‘aznachilik, tarmoq vazirliklari va 
byudjet tashkilotlari bevosita bog‘lanish huquqiga egadir”
129

Davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosi, yana bir ta’rifga ko‘ra, ijroiya organi 
tarafidan byudjet mablag‘larini jalb qilish va sarflanishini ta’minlaydi, bunda, 
ushbu organ maxsus vakolatlariga ko‘ra tushumlar ro‘yxati bo‘yicha, Yagona 
Hisobraqamidan amalga oshiriladigan to‘lovlar va zimmasidagi byudjet 
majburiyatlarining vaqti va hajmini tartibga soladi
130
. 
Xorijiy mamlakatlar G‘aznachilik bo‘yicha o‘tkazilgan taqqoslashdan 
ko‘rinib turibdiki, byudjetning banklar orqali ijrosi sharoitida byudjet 
mablag‘larining bosh taqsimlovchisi - Moliya Vazirligining byudjet 
128
Ivanova N. G., Makovnik T.D., Kaznacheyskaya sistema ispolneniya byudjetov. «Piter»Sankt-Peterburg. 2001. str.29
129
Barry Potter, Jack Diamond. Building Treasury Systems. 1999 r6.
130
Rudovol I. P. Pravovoe regulirovanie kaznacheyskogo ispolneniya byudjeta. // Finansi. № 8, 2009. str. 25.


376 
mablag‘larining tezkorligini ta’minlashda, davlat byudjetining daromad qismiga 
tushadigan mablag‘larini kuzatishda ham, byudjet oluvchi tashkilotlarga 
mablag‘larni taqsimlab yetkazish borasida ham funksiyalari chegaralangan edi. 
Byudjet ijrosining g‘azna tizimida bosh taqsimlovchisi barcha mablag‘larni 
Yagona g‘azna hisobvarag‘iga tushgan vaqtdan mablag‘ oluvchiga bu summa 
to‘langunga qadar shaffofligini ta’minlash imkonini bu tizim kengaytiradi. Barcha 
mablag‘larining Yagona g‘azna hisobvarag‘iga tushishini tartibga solib turadi, 
ulardan vaqt tejash bo‘yicha foydalanishning eng qulay variantini tanlaydi. Buning 
hisobiga Davlat byudjeti ijrosi samaradorligini keskin oshiradi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling