D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Byudjet tizimini boshqarishda g‘aznachilik mexanizmining modellari
Spending”
132 deb nomlangan xarajatlari mavjudki, ularning maqsad va 132 Allen Schick, Robert Keith, Edward Davis. Manual on the Federal Budget Process.CRSReportfortheCongress. 1991. P 115 379 mohiyatining maxfiyligi hech kimda qiziqish va xalqaro tashkilotlarda va “malakali ekspertlar” doiralarida e’tiroz va yoki tushunmovchilik uyg‘otmaydi. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, g‘aznachilik tizimining ustunlik qiladigan bironta modeli yo‘q. G‘aznachilikning bo‘lim va boshqarmalar soni va ularning aniq funksiyalari har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarga bog‘liq, shu bilan birga bu funksiyalar mamlakatlarning rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. 12.2. Byudjet tizimini boshqarishda g‘aznachilik mexanizmining modellari O‘zbekistonda optimal Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yaratish maqsadida Frantsiya, AQSh, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar misolida bu sohadagi ilg‘or xalqaro tajriba o‘rganildi. Turli davlatlarda g‘aznachilik funksiyalariga oid xalqaro tajribani batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Xorijiy davlatlarda byudjet tuzilmasi davlatning tuzilishi, hududiy-ma’muriy bo‘linishi, iqtisodiyotining rivojlanishi darajasi, uning tarkibiy belgilariga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat boshqaruvining ikkita shakli ma’lum: yagona (unitar) va federativ. Unitar davlatlarda (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya) boshqarishning ikki bo‘g‘ini - markaziy va hududiy bo‘g‘inlar mavjud. Federativ davlatlarda (AQSh, Kanada, GFR, Shveytsariya) boshqarish uchta bo‘g‘indan iborat - markaziy, federatsiya a’zolari va hududiy. Xalqaro tajribalarning ko‘rsatishicha, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda moliyani boshqarish, odatda, G‘aznachilik yoki bir nechta davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasida moliyani boshqarish Moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Federal G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida Moliya vazirligi G‘aznachiligi bevosita Prezidentga bo‘ysunadigan bo‘linma bo‘lib, keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy funksiyalarni bajaradi. Jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalar: byudjetni 380 tayyorlash uchun mas’ul Ma’muriy - byudjet boshqarmasi (BMB) va qator hisob- kitob va audit funksiyalari uchun mas’ul Byudjet - nazorat bosh boshqarmasi (BNBB)dir. Soliq va bojxona boshqarmalari G‘aznachilikning bir qismi hisoblanadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling