D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Spending
132
deb nomlangan xarajatlari mavjudki, ularning maqsad va 
132
Allen Schick, Robert Keith, Edward Davis. Manual on the Federal Budget Process.CRSReportfortheCongress. 1991. P 115


379 
mohiyatining maxfiyligi hech kimda qiziqish va xalqaro tashkilotlarda va 
“malakali ekspertlar” doiralarida e’tiroz va yoki tushunmovchilik uyg‘otmaydi. 
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, g‘aznachilik tizimining ustunlik 
qiladigan bironta modeli yo‘q. G‘aznachilikning bo‘lim va boshqarmalar soni va 
ularning aniq funksiyalari har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarga bog‘liq, 
shu bilan birga bu funksiyalar mamlakatlarning rivojlanishiga bog‘liq holda 
o‘zgaradi. 
12.2. Byudjet tizimini boshqarishda g‘aznachilik mexanizmining 
modellari 
O‘zbekistonda optimal Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yaratish 
maqsadida Frantsiya, AQSh, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar misolida bu 
sohadagi ilg‘or xalqaro tajriba o‘rganildi. Turli davlatlarda g‘aznachilik 
funksiyalariga oid xalqaro tajribani batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
Xorijiy davlatlarda byudjet tuzilmasi davlatning tuzilishi, hududiy-ma’muriy 
bo‘linishi, iqtisodiyotining rivojlanishi darajasi, uning tarkibiy belgilariga bog‘liq 
holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat boshqaruvining ikkita shakli ma’lum: 
yagona (unitar) va federativ. 
Unitar davlatlarda (Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya) 
boshqarishning ikki bo‘g‘ini - markaziy va hududiy bo‘g‘inlar mavjud. 
Federativ davlatlarda (AQSh, Kanada, GFR, Shveytsariya) boshqarish uchta 
bo‘g‘indan iborat - markaziy, federatsiya a’zolari va hududiy. 
Xalqaro tajribalarning ko‘rsatishicha, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 
moliyani boshqarish, odatda, G‘aznachilik yoki bir nechta davlat boshqaruv 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasida moliyani 
boshqarish Moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va Federal 
G‘aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Moliya vazirligi G‘aznachiligi bevosita 
Prezidentga bo‘ysunadigan bo‘linma bo‘lib, keng doiradagi iqtisodiy va moliyaviy 
funksiyalarni bajaradi. Jarayonda ishtirok etayotgan boshqa muassasalar: byudjetni 


380 
tayyorlash uchun mas’ul Ma’muriy - byudjet boshqarmasi (BMB) va qator hisob-
kitob va audit funksiyalari uchun mas’ul Byudjet - nazorat bosh boshqarmasi 
(BNBB)dir. Soliq va bojxona boshqarmalari G‘aznachilikning bir qismi 
hisoblanadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling