D tashmuxamedova


Rivojlangan mamlakatlar G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Rivojlangan mamlakatlar G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi
137
 
Mamlakatlar 
G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi 
Avstraliya 
Yagona hisobraqam 
Frantsiya 
Yagona hisobraqam, hududiy hisobraqam 
Germaniya 
Yagona hisobraqam, hududiy hisobraqam 
Yaponiya 
Yagona hisobraqam. U bir vaqtning o‘zida davlat boshqaruvi 
organlari bilan bog‘liq bo‘lgan moliya muassasalariga xizmat 
ko‘rsatadi 
Angliya 
Yagona hisobraqam 
AQSh 
Yagona hisobraqam, tijorat banklaridagi g‘aznachilik, soliq va 
ssuda hisobraqamlari 
Ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlar g‘aznachiligining institutsional asoslarini 
o‘rganishda qanday byudjet masalalariga javob berishini va byudjet ijrosini kim 
nazorat qilishini aniqlab olishimiz lozim. Bu borada Angliyaning amaldagi modeli 
e’tiborni tortadi. Mamlakatda g‘aznachilik byudjet masalalarining barcha 
jihatlariga javob beradi, kadrlar masalalari bilan shug‘ullanadi, byudjet ijrosi 
bo‘yicha nazoratni tashkil etish, shuningdek, mavjud resurslar boshqaruvi 
jarayonini ham o‘z ichiga oladi. 
Tadqiqot jarayonida o‘rganilgan davlatlarning barchasida moliyaviy aktivlarni 
boshqarish siyosati tarmoq departamentlari, boshqarmalari va vazirliklari 
137
Eshnazarov T. G‘aznachilikning yagona hisobvarag‘i: nazariya va amaliyot // Moliya. 2009-y. 1-son. 43 b. 


403 
tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur davlatlarda byudjet ijrosi quyidagilarni 
nazarda tutadi: 

soliqlar va boshqa tushumlarni yig‘ishni; 

bank bilan o‘zaro aloqani (tushumlarni bank orqali yig‘ishda); 

daromad tushumlari nazoratini; 

turli darajadagi davlat boshqaruv organlari o‘rtasida tushumlarni 
taqsimlashini. 
AQSh va Avstraliyada davlat byudjeti daromadi ijrosida g‘aznachilik faol rol 
o‘ynaydi. U o‘zining soliq va bojxona boshqarmalari orqali bank tizimi bilan 
o‘zaro aloqada bo‘lib, barcha soliq va bojxona bojlarini yig‘ishga javob beradi. 
G‘aznachilik Avstraliyada soliq boshqarmasi soliqlar to‘lovlari bo‘yicha 
tushumlarni ta’minlaydi. Angliya va Frantsiyada g‘aznachilik soliqlar va bojxona 
to‘lovlarini yig‘ishda ishtirok etmaydi. U faqatgina jamlanma fondga va 
g‘aznachilikning yagona hisobraqamiga kelib tushgan jami tushumlarni kuzatadi. 
Byudjetning xarajat bo‘yicha ijrosida AQSh, Avstraliya va Angliya 
g‘aznachiligi passiv rol o‘ynaydi. Bunda byudjet assignovaniyalari doirasida 
to‘lovlarni va nazoratni tarmoq departamentlari amalga oshiradi. Frantsiyada 
byudjetning xarajat qismi bo‘yicha nazoratni Byudjet direktorati olib boradi. 
Fikrimizcha, byudjetning joriy holatida, agar xarajatlar xuddi majburiyatlar va 
to‘lov 
topshiriqnomalarini 
qabul 
qilish, 
to‘lovlarni 
amalga 
oshirish 
bosqichlaridagidek qattiq nazorat qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
G‘aznachilikni struktura sifatida byudjet ijrosi bilan bog‘liq holda ko‘rib 
chiqishda quyidagilarni ta’kidlash kerak: g‘aznachilik byudjet ijrosi bilan bog‘liq 
masalalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashmaydi, u faqatgina byudjet muassasalariga 
dasturlarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi yoki byudjet ijrosi jarayonida 
ancha faol ishtirok etishi mumkin. Masalan, u majburiyatlar chegaralarini 
o‘rnatishga va xarajatlar to‘lovini yoki oldindan belgilangan mezon asosida aniq 
xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat berish huquqiga ega. 
G‘aznachilikka moliyaviy boshqaruv bo‘yicha asosiy majburiyatlar 
yuklatilgan. Mablag‘larni boshqarish uning muhim va asosiy faoliyati hisoblanadi. 


404 
U hukumatning hisobraqamiga barcha tushumlar va to‘lovlarni shuningdek, 
tushumlarni yig‘ish jarayonidagi operatsion faoliyatni va to‘lovlarni amalga 
oshirish jarayoni nazoratini ta’minlaydi. AQSh va Angliyada g‘aznachilik 
buxgalteriya hisobi metodikasini o‘rnatadi, umumiy hisob, muassasalarga 
yo‘riqnoma, oylik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javob beradi. 
Ko‘rib chiqilgan davlatlarning barchasida g‘aznachilik ichki nazorat va audit bilan 
shug‘ullanadi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Angliya, Frantsiya, Germaniya va 
boshqalar) g‘aznachilik tizimi tahlili shuni ko‘rsatadiki, G‘YaHni Markaziy 
bankda ochish g‘aznachilikni tashkil etishning asosiy talablaridan biridir. Milliy 
bankda G‘YaHidan foydalanish davlatning bo‘sh turgan mablag‘larini bir joyga 
yig‘ish, ulardan samarali foydalanish, naqd pul oqimlarini boshqarish va kassa 
to‘lovlarini vaqtida hech qanday majburiyatlar jalb qilmasdan amalga oshirish 
imkonini beradi. 
Rossiyada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2008-yildan boshlab 
“Axborotlashgan Jamiyatni rivojlantirishi Strategiyasi” joriy etilmoqda. Mazkur 
strategiyani maqsadi Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy 
madaniy va diniy jihatdan jamiyatini rivojlantirish, aholining turmush darajasini 
oshirish, davlat boshqaruv tizimi zamonaviy axborot va telekommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirishdir. 
Kanadada «Elektron hukumat» asosiy vazifasi xarajatlarni o‘z vaqtida 
moliyalashtirish va byudjet mablag‘laridan foydalanishda samaradorlikka 
erishishdan iborat. Shuning uchun bu borada taraqqiy etgan mamlakatlar, 
jumladan, Kanadada joriy etilgan «Elektron hukumat» axborot tizimini o‘rganish 
muhimdir. O‘zbekiston uchun Kanadaning «Elektron hukumat» tajribasini 
o‘rganishning ahamiyati katta. «Elektron hukumat»ni tuzish uchun Kanada 
hukumati tomonidan 2000–2006-yillarda 34ta vazirlik va idoralar qamrab olingan. 
Dasturining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: 
 fuqarolarga 130 dan ortiq hukumat xizmatlarini elektron ko‘rinishda 
taqdim etishi; 


405 
 foydalanuvchilarga elektron xizmatlarga cheksiz foydalanish imkoni 
berish; 
 xizmatchilarni tezkor yetkazish va o‘tkazuvchi loyihalarni ishlab chiqish; 
 shaxsiy ma’lumotlarni va axborotlarni himoyalash infrastrukturasini 
yaratish; 
 «Elektron hukumat» faoliyati uchun standart va me’yoriy cheklovlar 
ishlab chiqish. 
Kanadada 2003-yil sentabrdan mazkur dasturni boshqarish ishlarini 
G‘aznachilik Soveti va Hukumat xizmatlari va jamoatchilik ishlari vazirligi 
bajardi. 2001-yil sentabrdan dasturni boshqarish uchun G‘aznachilik Soveti 
boshchiligida 
maslahatlar 
guruhi 
jalb 
etildi, 
uning 
tarkibiga 
Kanada 
iqtisodiyotining turli sohalaridan vakillar kiritildi. 
Dasturni boshqarishining asosiy e’tibori, uni amalga oshirish rejasi va amalga 
oshirish jarayonini monitoring qilishdir. 2003-yilga qadar bu va axborot 
texnologiyalari boshqarmasi amalga oshirgan bo‘lsa, keyinchalik hukumat 
xizmatlari vazirligiga o‘tdi. Ular «Elektron hukumat»ning aniq bir tashkilotda 
amalga oshirilishiga javobgardirlar. 
Hozirgi paytda devonxona asosiy e’tiborni olti yil davomida to‘plangan 
tajribalarni targ‘ib etish yakuniy natijaga yo‘naltirilgan tatbiq etish vositalarini 
topishga qaratmoqda, davlat sektorida axborot va axborot texnologiyalarini 
boshqarish masalalari bo‘yicha vakolatni kengash va davlat sektori xizmatlarini 
tashkil etish masalalari bo‘yicha kengashdan iborat. Dasturning samaradorligini 
baholash uchun 11 turdagi ko‘rsatgichlar ishlab chiqildi, bu ko‘rsatkichlar uch
asosiy yo‘nalishga bo‘lingan: axborot sifati; elektron xizmat sifati; elektron aloqa 
sifati. Rossiya Federatsiyasida 2007-yil 6-martda “Federal g‘aznachilik va uning 
hududiy organlari axborotlariga ruxsat berilishini ta’minlash haqida” gi Federal 
g‘aznachilik buyrug‘i bilan federal g‘aznachilik faoliyatiga doir axborotlarga 
fuqarolar va tashkilotlarning kirishi umumiy talablar asosida o‘rnatilgan.



Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling