D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
G‘aznachilik organlari rahbarlari quyidagi majburlovchi choralar qo‘llash
huquqiga ega: 397 maqsadsiz sarflangan mablag‘larni musodara etish, to‘lov muddati o‘tib ketgan to‘lovlarni qaytarib olish: to‘lov muddati yetib kelgan, qaytarish lozim mablag‘larga foiz hisoblash. muddati yetib kelgan byudjet mablag‘lari uchun peniyalar hisoblash; qarzdor shaxslar hisobraqamlarini to‘xtatib qo‘yish. Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligi maxsus davlat moliyasi organi bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi va uning ma’muriy hududiy bo‘linishi tamoyiliga asosan tuzilgan, yagona markazlashgan tizimdir. G‘aznachilikning tashkil etilishi va joriy etilishi eng avvalo byudjet mablag‘larini qayta taqsimlash, moliyaviy oqimlarni boshqarishda ko‘p organ va tuzilmalar o‘rtasida vakolatlar taqsimlanishi bilan bog‘liq bir qator kamchiliklarga duch keladi. Mazkur tizim barcha g‘aznachilik organlaridan iborat yaxlit organdir. Uning tashkiliy tuzilmasi markazlashgan, ko‘p darajalidir. Tashkiliy tizilishi Rossiya Federatsiyasi ma’muriy hududiy bo‘linishga mos keladi. Barcha g‘aznachilik organlari yuridik shaxs sifatida ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi hukumati bilan kelishilgan holda boshqa organlar tasdiqlagan me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida olib boriladi.G‘aznachilik organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari tarraqqiyotning zamonaviy bosqichida iqtisodiy munosabatlar rivojlantiriladi. G‘aznachilik organlari nazorat taftish funksiyalariga ko‘ra dastlabki, joriy va yakuniy nazoratni olib borishadi. Bu funksiya byudjet mablag‘lari taqsimlovchilari, oluvchilar, banklar, kredit tashkilotlari va boshqa byudjet ijrosi jarayonining ishtirokchilarining byudjet mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalarda amalga oshadi. Bugungi kunda g‘aznachilik texnologiyasi zamonaviy talablarga javob beradi. Shu munosabat bilan g‘aznachilik, soliq, bojxona, bank, byudjet mablag‘lari taqsimlovchilari va oluvchilari o‘rtasida axborot va huquqiy aloqalarni sifatli va yuqori darajada tashkil etish muammolari o‘z yechimini topmoqda. Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligining tarkibi va tuzilishi bilan tanishamiz. Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligida yagona markazlashgan g‘aznachilik 398 organi tashkil etilgan bo‘lib, Federal G‘aznachilik Bosh Boshqarmasi, 89 ta g‘aznachilik boshqarmasi va 2311 ta g‘aznachilik bo‘linmalaridan iborat. G‘aznachilik tizimi yaxlit g‘aznachilik organlari faoliyatini birlashtiradi. G‘aznachilik organlarining tashkiliy tuzilmasi markazlashgan, ko‘p darajali va iyerarxiya shaklda bo‘ladi. Tuzilishi Rossiya Federatsiyasi ma’muriy hududiy bo‘linishiga mos keladi. Tashkiliy funktsianal tuzilmasi 3 ta iyerarxiyadan iborat: 1 – daraja – Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachilik Bosh Boshqarmasi. 2 – daraja – Moskva, Sankt – Peterburg shahar oblastlar, avtanom respublikalar bo‘yicha federal g‘aznachilik boshqarmalari. 3 – daraja tuman va shahar bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari. Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachilik Bosh Boshqarmasi mamlakatning Moliya vazirligi o‘rinbosari darajasidagi boshliq bajaradi. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: Federal byudjetning daromad va xarajatlarning jamlanma hisobini yuritish; g‘aznachilik hisobraqamlarida mablag‘lar harakatini boshqarish; byudjet ijrosini yuqori ijro etuvchi organlarga va qonunchilik organlariga yetkazish. quyi darajadagi g‘aznachilik organlarini boshqarish va ulardan Federal byudjet daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar tayyorlash; quyi g‘aznachilik organlarida mavjud qonunchilikning ijrosini ta’minlash. Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublikalar, oblastlar, o‘lkalar, avtonom tuzilmalar, Moskva, Sankt – Peterburg shaharlari g‘aznachilik boshliqlarini Federal G‘aznachilik Bosh Boshqarmasi boshlig‘i tavsiyasiga ko‘ra Moliya vaziri lavozimiga tayinlaydi. Federal g‘aznachilik boshqarmalarining asosiy funksiyasi quyi g‘aznachilik organlarida daromadlarning bajarilishi va xarajatlarni amalga oshirilishini ta’minlashdir. Federal G‘aznachilikning shaharlar, tuman va shahar tumanlari bo‘yicha bo‘linmalari boshliqlari Federal G‘aznachilikning tegishli boshqarma boshliqlari tomonidan tayinlanadi. Ularning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 399 Federal byudjet daromadlarining tegishli hududda bajarilishini ta’minlash; byudjetdan mablag‘ oluvchilarining maqsadli moliyalashtirishini ta’minlash; g‘aznachilik hisobvaraqlarida mablag‘lar harakati hisobini yuritish; yuqori g‘aznachilik organlariga Federal byudjet ijrosi bo‘yicha tezkor ma’lumot taqdim etish. Barcha g‘aznachilik organlari – yuridik shaxs sifatida ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi va RF prezidenti RF hukumati, Moliya vazirligi tasdiqlagan me’yoriy-huquqiy asosida faoliyat yuritadi. Boshqa har qanday vazirlik va idora hujjatlari Federal byudjet ijrosi bo‘yicha taalluqli bo‘lmaydi va g‘aznachilik organlari boshqaruviga aloqador bo‘lmaydi. Shu tarzda g‘aznachilik organlari faqat federal byudjet ijrosi bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar asosida faoliyat olib boradi va o‘zlariga tegishli bo‘lmagan hujjatlar asosida qaror qabul qilish huquqiga ega emas. G‘aznachilikka o‘tishda Federal byudjet ijrosi bilan bog‘liq quyidagi muammolar yechimini topish bilan o‘zini oqlaydi: Federal byudjet mablag‘lari yagona davlat organi hisobvaraqasida to‘planadi; Rossiya Federatsiyasi byudjeti daromadlarining daromadlar tasnifi bo‘yicha tushumi haqida tezkor axborot to‘plash imkoni yaratiladi; tezkor nazorat o‘rnatish byudjet mablag‘lari sarflanishi va ularning maqsadsizligi eng kam darajaga keltiriladi; Federal ijrosi bo‘yicha tezkor ma’lumotning mavjudligi xarajatlarning moliyalashtirilishi, kassa xarajatlarining byudjet hisobvaraqlari qoldig‘ining xarajatlar tasnifi bo‘yicha aniqligi oshadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling