D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Rossiyada XV asrda g‘azna palatalari deb nomlangan guberniya organlari 
tashkil qilingan bo‘lib, 1775-yil 7-noyabrda amalga oshirilgan imperator Ekoterina 
II farmoni Butun Rossiya imperiyasini guberniyalarini boshqaruvchi tashkilot bilan 
g‘azna palatalari tashkil etildi. G‘azna palatasi to‘g‘risidagi farmonda 
ko‘rsatilganidek, ularga barcha xazina vositalari, pullar, gerbli qog‘ozlar, 
pasportlar, g‘azna do‘konlaridan tuz va vino, bojxona va boshqalar kiritildi. G‘azna 
daromadlarini o‘ziga yig‘ish, sarflash huquqiga ega emas, barcha tillalarni 
saqlashni tartibga solingan holda kirim-chiqim kitobini yuritishlari kerak. 
Guberniya g‘aznachiligi va ularga bo‘ysinuvchi uyezd g‘aznachiligi kirim, pul 
mablag‘larini saqlash va tarqatish bilan shug‘ullangan. Barcha g‘azna daromadlari 
boshqarmaning qaysi bo‘linmasida va qaysi manbadan kelib tushishidan qat’i 


395 
nazar g‘aznachilikka tegishlidir, har qanday ortiqcha sarf -xarajat ruxsatsiz amalga 
oshirilmasligi kerak. 
Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligi: 

federal byudjetning yagona hisobraqamidagi jarayonlarni boshqaradi; 

Federal byudjet mablag‘larini prognozlashtiradi va kassa rejalarini 
tuzadi; 

Federal byudjet mablag‘lari bosh boshqaruvchilari, boshqaruvchilari va 
federal byudjetdan mablag‘ oluvchilarning jamlama reyestrlarini olib 
boradi; 

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga asosan, byudjet tizimidagi 
byudjetlar o‘rtasida federal soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan tushgan 
mablag‘lar taqsimotini amalga oshiradi; 

Rossiya Federatsiyasi Federal byudjetining ijrosi to‘g‘risida dastlabki 
ma’lumotlarni va hisobotlarni tuzadi va Rossiya Federatsiyasi Moliya 
vazirligiga taqdim etadi. 
1821-yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat G‘aznachilik Departamenti 
tashkil etildi va bu depertament 1918-yil 1-noyabrgacha amal qilib keldi. Shu 
tarzda g‘aznachilik va markaziy emissiya organlari funksiyalari aralashtirib 
yuborildi. 
Bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirishning 
zamonaviy 
Rossiya 
iqtisodiyotida markazlashtirish va ko‘p sonli tijorat banklarining paydo bo‘lishiga 
olib keldi. Bu davrda Rossiya banki pul-kredit munosabatlarini kuchaytirishga 
ko‘proq e’tiborga qaratdi va byudjet tizimi bo‘g‘inlarida byudjet ijrosi masalalari 
e’tibordan chetda qolib ketdi. Natijada byudjet mablag‘larining bank hisobi 
susayib ketdi, tijorat banklari esa byudjet mablag‘lari sarflanishda nazoratdan 
cheklab qo‘yishdi va shuningdek bunday nazorat yo‘qligi bilan ham qiziqishmadi. 
Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligi funksiyalari: 

Federal byudjeti ijrosini ta’minlash; 

byudjet tizimidagi byudjetlar ijrosiga kassa xizmatini ko‘rsatish; 

Federal 
byudjet 
mablag‘lari 
bilan 
bosh 
boshqaruvchilari, 
taqsimotchilari va federal byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan 


396 
turli operatsiyalar ustidan dastlabki va joriy nazoratni o‘rnatish. 
Byudjet xarajatlari sohasida barcha byudjet bo‘g‘inlari mablag‘larini moliya 
organlari hisobraqamlariga taqsim qilishdagi tezkor ma’lumotga ega edilar, lekin 
mablag‘ oluvchilar va ularni kassa xarajatlari to‘g‘risida tezkor ma’lumot olish 
imkoni mavjud emasdi. Shu tarzda ushbu operatsiyalar samarali nazorat qilinmadi. 
Byudjet mablag‘lari tushumi va sarflanishi ustidan nazoratning susayishi, ularning 
aniq hisob tizimining mavjud emasligi byudjet intizomining susayishiga olib keldi. 
Byudjet intizomi – tashkilot, korxona va muassasalar, shuningdek, rahbar va 
jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash 
hamda byudjet mablag‘larini belgilangan yo‘nalishlarga muvofiq maqsadli 
sarflashdir. 
Bundan 
tashkari 
byudjet 
mablag‘larining taqchilligi ushbu 
mablag‘larni eng muhim maqsadlar uchun ratsional sarflashga yo‘naltirishni talab 
etadi, lekin mavjud tizim buning ilojini topa olmadi.
Rossiya Federatsiyasi Byudjet Kodeksi byudjetning g‘azna ijrosi tizimida 
moliviy nazoratning asosiy shakllari ko‘rsatildi. 
1. Nazorat – taftish boshqarmalari amalga oshiradigan nazorat. U byudjet 
mablag‘lari oluvchilari, taqsimlovchilari o‘rtasida amalga oshiriladi.
2.G‘aznachilik amalga oshiriladigan moliviy nazorat – joriy dastlabki va yakuniy 
nazorat bo‘lishi mumkin. Bu nazorat byudjet mablag‘lari bosh taqsimlovchilari va 
mablag‘ oluvchilar, kredit tashkilotlari va byudjet jarayonining boshqa 
ishtirokchilari o‘rtasida amalga oshiriladi.
3. Byudjet mablag‘lari bosh taqsimlovchilari tomonidan amalga oshirilib 
mablag‘larning maqsadli sarflanishi, byudjet ijrosi bo‘yicha hisobot taqdim etilishi 
nazorat qilinadi.
4. Moliya organlari amalga oshiriladigan moliviy nazorat bo‘lib, mahalliy 
organlarning mustaqil byudjet mablag‘lari sarflash jarayonida bo‘ladi. Byudjet 
mablag‘larining maqsadli sarflanishi quyidagilarda ifodalanadi: 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling