D tashmuxamedova
AQSh va Rossiya Federatsiyasida g‘aznachilik tizimi faoliyati
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Office of Management and Budget) (BBI)
- (General Accounting Office)
12.3. AQSh va Rossiya Federatsiyasida g‘aznachilik tizimi faoliyati
AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g‘aznachilik moliyani boshqaruvchi doimiy organ hisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi organlar bajaradi. G‘aznachilik sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor, g‘aznachilik inspektori va g‘aznachilik sekretariat yordamchisi. G‘aznachilik sekretari lavozimiga birinchi bo‘lib A.Gaminton tayinlangan bo‘lib, u 1789-yil 11- sentabrdan 1795-yilgacha ushbu vazifani bajardi. O‘n yillar mobaynida g‘aznachilik funksiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda G‘aznachilik AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQShda g‘aznachilik uchta asosiy funksiyani bajaradi: 1. Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha asosiy iqtisodiy maslahatchisidir. 2. G‘aznachilik davlatga moliya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaradi: davlat pul mablag‘larini hisobga olish; 389 omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish; soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini yig‘ish; milliy banklar faoliyatini nazorat qilish; tangalar zarb qilish, qog‘oz pullar va pochta markalari chiqarish. 3.Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g‘aznachilik Prezident, Vitse prezident ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist, butlegerlar, davlat chek va qimmatbaho qog‘ozlarini qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, o‘q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda g‘aznachilik AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo‘yicha vakilidir. AQSh tomonidan XVF, XTTB, Amerika taraqqiyot bankining boshqaruvchisidir. Shuningdek AQSh G‘aznachiligi ko‘p sonli qo‘mita va uyushma, sug‘urta fondining a’zosidir. G‘aznachilik milliy omonat muassasalari faoliyatini nazorat qiladi, ularga litsenziyalar beradi va omonat xolding kompaniyalarini faoliyatini nazorat qiladi. Xolding – aktsiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi, o‘z mablag‘ini boshqa kompaniyalar nazorat paketini sotib olishga sarflaydi va ularni nazorat qiladi. G‘aznachilik Kongressga mamlakatning moliyaviy holati bo‘yicha yillik hisobot tayyorlaydi va taqdim etadi. G‘aznachilik tomonidan doimiy nashr etiladigan hisobotlar g‘aznachilikning kunlik hisoboti, AQShning ichki qarzi bo‘yicha oylik hisobot, AQShning daromad va xarajatlari bo‘yicha oylik hisobot va muomaladagi pul mablag‘lari bo‘yicha oylik hisobotni o‘z ichiga oladi. Shuningdek g‘aznachilik oylik byudjetni ham chop etadi. Oylik byudjetda quyidagi ma’lumotlar beriladi: Federal hukumatning moliyaviy operatsiyalari; Federal hukumatning pul majburiyatlari; G‘aznachilik hisobvarag‘idagi federal va qarz mablag‘lari statistikasi; davlat qarzlarini moliyalashtirish; davlat omonat obligatsiyalari; davlat qimmatli qog‘ozlaring bozor kotirovkasi; 390 davlat qimmatli qog‘ozlarning egalik tarkibi; tijorat banklaridagi g‘aznachilik mulki tarkibi; uzoq muddatli obligatsiyalarining daromadlilik darajasi; xalqaro moliyaviy statistika; kapital harakatlar statistikasi. valyuta rezervlari; davlat agentliklari va fondlarining moliyaviy operatsiyalari. AQSh G‘aznachiligi Nyu-Yorkdagi Federal jamg‘arma bankidagi o‘zining yagona hisobraqami bo‘yicha barcha tushumlarni va to‘lovlarni nazorat qiladi hamda hukumatning bankdagi hisobraqamlarini nazorat qiladi. G‘aznachilik tushumlarini yig‘ish uchun bank tizimidan foydalanadi.G‘aznachilik 4-6 oyga kunlik taqsimoti bilan, o‘zgaruvchan moliyaviy grafikni tayyorlaydi va uni har oyda yangilaydi. AQSh G‘aznachiligi o‘z vakolatlari doirasida : – davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni nazorat qiladi va hajmi, muddatlari va auktsionlarda joylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi. – qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozori uchun tartib- qoidalarni belgilaydi; – barcha soliq va bojxona bojlarini yig‘adi va ayrim muassasalar uchun foydalanganlik va xizmatlar uchun to‘lovlarni markazlashgan tarzda yig‘ishni ta’minlaydi. – xarajatlarga byudjet birligi talabnomasi bo‘yicha byudjet ajratmalari doirasida amalga oshiriladi. Ajratmalar tuzilmasi G‘aznachilik va Ma’muriy - byudjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi; – buxgalteriya hisob-kitobida tashkilotlarga yo‘riqnomalarni tayyorlash, ularning talabnomalarini olish, har oylik hisobotlarni va yillik moliyaviy qaydnomalarni tayyorlash uchun javob beradi. Dunyoning rivojlangan kapitalistik davlati - AQShda davlat byudjetini tayyorlash va ijrosini tashkil etilishiga mamlakat prezidentining Ma’muriyatiga kiruvchi Byudjet Boshqaruvi Idorasi (Office of Management and Budget) (BBI) 391 javob beradi. AQSh Kongressi tomonidan ajratmalar xarajatlari haqidagi qarorlar Prezident ma’muriyatidagi tarmoqlar departamentlari orqali nazorat qilinadi. Nodavlat moliyaviy nazorati ichki (byudjet tashkiloti, g‘aznachilik, firma, korporativ) va tashqi (auiditorlik) nazoratlariga bo‘linadi. Nazoratning davlat va nodavlat turlari o‘tkazish usullariga ko‘ra o‘xshash bo‘lishi bilan birgalikda oxirgi maqsadlari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Nodavlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi esa- xo‘jalik subyektlari tomonidan davlat hisobiga soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish hisobiga qo‘yilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi. AQSh g‘aznachiligi (Treasure Department) hamma davlat tushumlari va to‘lovlar tizimi ustidan nazoratni amalga oshiradi. G‘aznachilik tarkibiga Soliq boshqaruvi va Bojxona boshqaruvi kiradi. Shu bo‘linmalar orqali G‘aznachilik, hamma soliq va bojxona yig‘imlari va davlat bojlari hamda ayrim muassasalar xizmatlari evaziga tushumlarni yig‘ib oladi. G‘aznachilikning bosh hisobraqami Federal rezerv tizimida (AQSh Markaziy bankida) yuritiladi. Shu bilan birga g‘aznachilik hukumat hisobraqamini nazorat qiladi. Daromadlar va tushumlar yig‘imi bank tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat mablag‘lari xarajatini hisobi va auditini Bosh Nazoratchi boshchiligidagi Bosh Hisob Boshqarmasi (BHB) (General Accounting Office) ta’minlaydi. Byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari va prognozi Internet tizimida AQSh G‘aznachiligining saytida chop etiladi. Chop etilgan ma’lumotlarning maxsus bo‘limi kassa operatsiyalari va majburiyatlarni bajarish operatsiyalariga bag‘ishlangan. Kongressning taqdimotiga va Prezident tasdiqlagan ajratmalarga asoslangan ravishda byudjet mablag‘larini oluvchilar G‘aznachilikka rasmiy talabnoma taqdim qilishadi. G‘aznachilik departamentlarga ajratilgan ulushni Byudjet Boshqaruvi Idorasi bilan birgalikda nazorat qiladi. Shu bilan birga, BBI departamentlar xarajatlari tarkibiga umumiy holda javob beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling