D tashmuxamedova
Rivojlangan mamlakatlar G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Rivojlangan mamlakatlar G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi
137 Mamlakatlar G‘aznachilik yagona hisobraqami tuzilishi Avstraliya Yagona hisobraqam Frantsiya Yagona hisobraqam, hududiy hisobraqam Germaniya Yagona hisobraqam, hududiy hisobraqam Yaponiya Yagona hisobraqam. U bir vaqtning o‘zida davlat boshqaruvi organlari bilan bog‘liq bo‘lgan moliya muassasalariga xizmat ko‘rsatadi Angliya Yagona hisobraqam AQSh Yagona hisobraqam, tijorat banklaridagi g‘aznachilik, soliq va ssuda hisobraqamlari Ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlar g‘aznachiligining institutsional asoslarini o‘rganishda qanday byudjet masalalariga javob berishini va byudjet ijrosini kim nazorat qilishini aniqlab olishimiz lozim. Bu borada Angliyaning amaldagi modeli e’tiborni tortadi. Mamlakatda g‘aznachilik byudjet masalalarining barcha jihatlariga javob beradi, kadrlar masalalari bilan shug‘ullanadi, byudjet ijrosi bo‘yicha nazoratni tashkil etish, shuningdek, mavjud resurslar boshqaruvi jarayonini ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqot jarayonida o‘rganilgan davlatlarning barchasida moliyaviy aktivlarni boshqarish siyosati tarmoq departamentlari, boshqarmalari va vazirliklari 137 Eshnazarov T. G‘aznachilikning yagona hisobvarag‘i: nazariya va amaliyot // Moliya. 2009-y. 1-son. 43 b. 403 tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur davlatlarda byudjet ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi: soliqlar va boshqa tushumlarni yig‘ishni; bank bilan o‘zaro aloqani (tushumlarni bank orqali yig‘ishda); daromad tushumlari nazoratini; turli darajadagi davlat boshqaruv organlari o‘rtasida tushumlarni taqsimlashini. AQSh va Avstraliyada davlat byudjeti daromadi ijrosida g‘aznachilik faol rol o‘ynaydi. U o‘zining soliq va bojxona boshqarmalari orqali bank tizimi bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, barcha soliq va bojxona bojlarini yig‘ishga javob beradi. G‘aznachilik Avstraliyada soliq boshqarmasi soliqlar to‘lovlari bo‘yicha tushumlarni ta’minlaydi. Angliya va Frantsiyada g‘aznachilik soliqlar va bojxona to‘lovlarini yig‘ishda ishtirok etmaydi. U faqatgina jamlanma fondga va g‘aznachilikning yagona hisobraqamiga kelib tushgan jami tushumlarni kuzatadi. Byudjetning xarajat bo‘yicha ijrosida AQSh, Avstraliya va Angliya g‘aznachiligi passiv rol o‘ynaydi. Bunda byudjet assignovaniyalari doirasida to‘lovlarni va nazoratni tarmoq departamentlari amalga oshiradi. Frantsiyada byudjetning xarajat qismi bo‘yicha nazoratni Byudjet direktorati olib boradi. Fikrimizcha, byudjetning joriy holatida, agar xarajatlar xuddi majburiyatlar va to‘lov topshiriqnomalarini qabul qilish, to‘lovlarni amalga oshirish bosqichlaridagidek qattiq nazorat qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. G‘aznachilikni struktura sifatida byudjet ijrosi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqishda quyidagilarni ta’kidlash kerak: g‘aznachilik byudjet ijrosi bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashmaydi, u faqatgina byudjet muassasalariga dasturlarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi yoki byudjet ijrosi jarayonida ancha faol ishtirok etishi mumkin. Masalan, u majburiyatlar chegaralarini o‘rnatishga va xarajatlar to‘lovini yoki oldindan belgilangan mezon asosida aniq xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat berish huquqiga ega. G‘aznachilikka moliyaviy boshqaruv bo‘yicha asosiy majburiyatlar yuklatilgan. Mablag‘larni boshqarish uning muhim va asosiy faoliyati hisoblanadi. 404 U hukumatning hisobraqamiga barcha tushumlar va to‘lovlarni shuningdek, tushumlarni yig‘ish jarayonidagi operatsion faoliyatni va to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni nazoratini ta’minlaydi. AQSh va Angliyada g‘aznachilik buxgalteriya hisobi metodikasini o‘rnatadi, umumiy hisob, muassasalarga yo‘riqnoma, oylik va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javob beradi. Ko‘rib chiqilgan davlatlarning barchasida g‘aznachilik ichki nazorat va audit bilan shug‘ullanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh, Angliya, Frantsiya, Germaniya va boshqalar) g‘aznachilik tizimi tahlili shuni ko‘rsatadiki, G‘YaHni Markaziy bankda ochish g‘aznachilikni tashkil etishning asosiy talablaridan biridir. Milliy bankda G‘YaHidan foydalanish davlatning bo‘sh turgan mablag‘larini bir joyga yig‘ish, ulardan samarali foydalanish, naqd pul oqimlarini boshqarish va kassa to‘lovlarini vaqtida hech qanday majburiyatlar jalb qilmasdan amalga oshirish imkonini beradi. Rossiyada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2008-yildan boshlab “Axborotlashgan Jamiyatni rivojlantirishi Strategiyasi” joriy etilmoqda. Mazkur strategiyani maqsadi Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy madaniy va diniy jihatdan jamiyatini rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, davlat boshqaruv tizimi zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirishdir. Kanadada «Elektron hukumat» asosiy vazifasi xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va byudjet mablag‘laridan foydalanishda samaradorlikka erishishdan iborat. Shuning uchun bu borada taraqqiy etgan mamlakatlar, jumladan, Kanadada joriy etilgan «Elektron hukumat» axborot tizimini o‘rganish muhimdir. O‘zbekiston uchun Kanadaning «Elektron hukumat» tajribasini o‘rganishning ahamiyati katta. «Elektron hukumat»ni tuzish uchun Kanada hukumati tomonidan 2000–2006-yillarda 34ta vazirlik va idoralar qamrab olingan. Dasturining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: fuqarolarga 130 dan ortiq hukumat xizmatlarini elektron ko‘rinishda taqdim etishi; 405 foydalanuvchilarga elektron xizmatlarga cheksiz foydalanish imkoni berish; xizmatchilarni tezkor yetkazish va o‘tkazuvchi loyihalarni ishlab chiqish; shaxsiy ma’lumotlarni va axborotlarni himoyalash infrastrukturasini yaratish; «Elektron hukumat» faoliyati uchun standart va me’yoriy cheklovlar ishlab chiqish. Kanadada 2003-yil sentabrdan mazkur dasturni boshqarish ishlarini G‘aznachilik Soveti va Hukumat xizmatlari va jamoatchilik ishlari vazirligi bajardi. 2001-yil sentabrdan dasturni boshqarish uchun G‘aznachilik Soveti boshchiligida maslahatlar guruhi jalb etildi, uning tarkibiga Kanada iqtisodiyotining turli sohalaridan vakillar kiritildi. Dasturni boshqarishining asosiy e’tibori, uni amalga oshirish rejasi va amalga oshirish jarayonini monitoring qilishdir. 2003-yilga qadar bu va axborot texnologiyalari boshqarmasi amalga oshirgan bo‘lsa, keyinchalik hukumat xizmatlari vazirligiga o‘tdi. Ular «Elektron hukumat»ning aniq bir tashkilotda amalga oshirilishiga javobgardirlar. Hozirgi paytda devonxona asosiy e’tiborni olti yil davomida to‘plangan tajribalarni targ‘ib etish yakuniy natijaga yo‘naltirilgan tatbiq etish vositalarini topishga qaratmoqda, davlat sektorida axborot va axborot texnologiyalarini boshqarish masalalari bo‘yicha vakolatni kengash va davlat sektori xizmatlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha kengashdan iborat. Dasturning samaradorligini baholash uchun 11 turdagi ko‘rsatgichlar ishlab chiqildi, bu ko‘rsatkichlar uch asosiy yo‘nalishga bo‘lingan: axborot sifati; elektron xizmat sifati; elektron aloqa sifati. Rossiya Federatsiyasida 2007-yil 6-martda “Federal g‘aznachilik va uning hududiy organlari axborotlariga ruxsat berilishini ta’minlash haqida” gi Federal g‘aznachilik buyrug‘i bilan federal g‘aznachilik faoliyatiga doir axborotlarga fuqarolar va tashkilotlarning kirishi umumiy talablar asosida o‘rnatilgan. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling