D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
406 6-jadval “Elektron hukumat” dasturini baholash ko‘rsatkichlari 138 Axborot Xizmat Yetkazib berish Qulaylik Zaruriy xizmatning mavjudligi Himoyalanganlik Ochiqlilik Samaradorlilik Ishonchlilik Foydalilik va qulaylilik Innovatsiyaviyligi Kanada tajribasi asosida Federal G‘aznachilik fuqarolarga hujjatlarning skaner tasvir texnologiyasi asosida xizmat qiladi. Bu texnologiyaning qulayligi shundan iboratki, fuqarolar hujjatining aynan haqiqiy nusxasini olishadi. Barcha hujjatlar Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi, Federal G‘aznachilikdan hujjatlarni skaner qilish orqali olinadi va ularning 100 % “tiniq”ligiga erishiladi. Kanadaning “Elektron hukumat” tajribasi shuni ko‘rsatadiki global elektron axborot tizimini yaratish uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik rejalarni ishlab chiqishni talab etadi. Moliya vazirligi G‘aznachiligida asosiy e’tibor g‘aznachilikda axborot ochiqligini ta’minlovchi turli uslub va texnologiyalarni yaratilishiga qaratiladi. Kanada internet saytlarini monitoring qilish uslubini respublikamizda keng qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu texnologiya Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy organlarida internet saytida axborotlar ochiqligini yagona yondoshuv asosida monitoring qilish imkoniyatini beradi. G‘aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va ko‘p qirraligi shundaki, g‘aznachilik faoliyatini joriy qilish bilan g‘aznachilik organlari o‘z ishlarida zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Bu esa byudjet ijrosi jarayonida nafaqat bank tizimini bog‘laydi, balki, bu jarayonlarda turli darajadagi moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg‘armalari 138 Qo‘chqorov T., Xaydarov M. “Davlat byudjeti g‘azna ijrosining axborot tizimi”. – T.: “IQTISOD- MOLIYA”. 2010. -82 b. 407 va byudjetdan tashqari fondlar, bank, bojxona, soliq organlarining o‘zaro aloqasi o‘rnatiladi.G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona g‘aznachilik hisobraqamida va hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarga ular uchun G‘aznachilikda yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga byudjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi va manbalar bo‘yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobi yuritiladi. Moliya organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subvensiyalar, byudjet ssudalari summasini va boshqa to‘lovlarni quyi byudjetlarning g‘aznachilik hisobraqamlariga o‘tkazadi. Rivojlanish strategiyasini amalga oshirish hujjatining loyihasiga binoan G‘aznachilik Davlat byudjeti ijrosi tizimiga asta-sekin o‘tish, G‘aznachilik va uning joylardagi bo‘linmalari tizimini rivojlantirishga oid tadbirlar rejalashtirildi. Bu tadbirlar byudjetning daromad va xarajat qismlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda aniq bosqichlarga bo‘linishi mumkin. Mazkur strategiyani amalga oshirish quyidagilarni nazarda tutadi: Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling