D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Rossiyada XV asrda g‘azna palatalari deb nomlangan guberniya organlari
tashkil qilingan bo‘lib, 1775-yil 7-noyabrda amalga oshirilgan imperator Ekoterina II farmoni Butun Rossiya imperiyasini guberniyalarini boshqaruvchi tashkilot bilan g‘azna palatalari tashkil etildi. G‘azna palatasi to‘g‘risidagi farmonda ko‘rsatilganidek, ularga barcha xazina vositalari, pullar, gerbli qog‘ozlar, pasportlar, g‘azna do‘konlaridan tuz va vino, bojxona va boshqalar kiritildi. G‘azna daromadlarini o‘ziga yig‘ish, sarflash huquqiga ega emas, barcha tillalarni saqlashni tartibga solingan holda kirim-chiqim kitobini yuritishlari kerak. Guberniya g‘aznachiligi va ularga bo‘ysinuvchi uyezd g‘aznachiligi kirim, pul mablag‘larini saqlash va tarqatish bilan shug‘ullangan. Barcha g‘azna daromadlari boshqarmaning qaysi bo‘linmasida va qaysi manbadan kelib tushishidan qat’i 395 nazar g‘aznachilikka tegishlidir, har qanday ortiqcha sarf -xarajat ruxsatsiz amalga oshirilmasligi kerak. Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligi: federal byudjetning yagona hisobraqamidagi jarayonlarni boshqaradi; Federal byudjet mablag‘larini prognozlashtiradi va kassa rejalarini tuzadi; Federal byudjet mablag‘lari bosh boshqaruvchilari, boshqaruvchilari va federal byudjetdan mablag‘ oluvchilarning jamlama reyestrlarini olib boradi; Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga asosan, byudjet tizimidagi byudjetlar o‘rtasida federal soliqlar va yig‘imlar to‘langanidan tushgan mablag‘lar taqsimotini amalga oshiradi; Rossiya Federatsiyasi Federal byudjetining ijrosi to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni va hisobotlarni tuzadi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 1821-yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat G‘aznachilik Departamenti tashkil etildi va bu depertament 1918-yil 1-noyabrgacha amal qilib keldi. Shu tarzda g‘aznachilik va markaziy emissiya organlari funksiyalari aralashtirib yuborildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishning zamonaviy Rossiya iqtisodiyotida markazlashtirish va ko‘p sonli tijorat banklarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda Rossiya banki pul-kredit munosabatlarini kuchaytirishga ko‘proq e’tiborga qaratdi va byudjet tizimi bo‘g‘inlarida byudjet ijrosi masalalari e’tibordan chetda qolib ketdi. Natijada byudjet mablag‘larining bank hisobi susayib ketdi, tijorat banklari esa byudjet mablag‘lari sarflanishda nazoratdan cheklab qo‘yishdi va shuningdek bunday nazorat yo‘qligi bilan ham qiziqishmadi. Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligi funksiyalari: Federal byudjeti ijrosini ta’minlash; byudjet tizimidagi byudjetlar ijrosiga kassa xizmatini ko‘rsatish; Federal byudjet mablag‘lari bilan bosh boshqaruvchilari, taqsimotchilari va federal byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan 396 turli operatsiyalar ustidan dastlabki va joriy nazoratni o‘rnatish. Byudjet xarajatlari sohasida barcha byudjet bo‘g‘inlari mablag‘larini moliya organlari hisobraqamlariga taqsim qilishdagi tezkor ma’lumotga ega edilar, lekin mablag‘ oluvchilar va ularni kassa xarajatlari to‘g‘risida tezkor ma’lumot olish imkoni mavjud emasdi. Shu tarzda ushbu operatsiyalar samarali nazorat qilinmadi. Byudjet mablag‘lari tushumi va sarflanishi ustidan nazoratning susayishi, ularning aniq hisob tizimining mavjud emasligi byudjet intizomining susayishiga olib keldi. Byudjet intizomi – tashkilot, korxona va muassasalar, shuningdek, rahbar va jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash hamda byudjet mablag‘larini belgilangan yo‘nalishlarga muvofiq maqsadli sarflashdir. Bundan tashkari byudjet mablag‘larining taqchilligi ushbu mablag‘larni eng muhim maqsadlar uchun ratsional sarflashga yo‘naltirishni talab etadi, lekin mavjud tizim buning ilojini topa olmadi. Rossiya Federatsiyasi Byudjet Kodeksi byudjetning g‘azna ijrosi tizimida moliviy nazoratning asosiy shakllari ko‘rsatildi. 1. Nazorat – taftish boshqarmalari amalga oshiradigan nazorat. U byudjet mablag‘lari oluvchilari, taqsimlovchilari o‘rtasida amalga oshiriladi. 2.G‘aznachilik amalga oshiriladigan moliviy nazorat – joriy dastlabki va yakuniy nazorat bo‘lishi mumkin. Bu nazorat byudjet mablag‘lari bosh taqsimlovchilari va mablag‘ oluvchilar, kredit tashkilotlari va byudjet jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida amalga oshiriladi. 3. Byudjet mablag‘lari bosh taqsimlovchilari tomonidan amalga oshirilib mablag‘larning maqsadli sarflanishi, byudjet ijrosi bo‘yicha hisobot taqdim etilishi nazorat qilinadi. 4. Moliya organlari amalga oshiriladigan moliviy nazorat bo‘lib, mahalliy organlarning mustaqil byudjet mablag‘lari sarflash jarayonida bo‘ladi. Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi quyidagilarda ifodalanadi: Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling