D tashmuxamedova


 AQSh va Rossiya Federatsiyasida g‘aznachilik tizimi faoliyati


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

12.3. AQSh va Rossiya Federatsiyasida g‘aznachilik tizimi faoliyati 
AQSh Senat Kongressining qaroriga muvofiq, g‘aznachilik moliyani 
boshqaruvchi doimiy organ hisoblanadi. Uning barcha vazifalarini quyidagi 
organlar bajaradi. G‘aznachilik sekretarlari - bosh idora, kontroler, auditor, 
g‘aznachilik inspektori va g‘aznachilik sekretariat yordamchisi. G‘aznachilik 
sekretari lavozimiga birinchi bo‘lib A.Gaminton tayinlangan bo‘lib, u 1789-yil 11-
sentabrdan 1795-yilgacha ushbu vazifani bajardi. O‘n yillar mobaynida 
g‘aznachilik funksiyasi kengaytib va murakkablashib bordi. Bugungi kunda 
G‘aznachilik AQShda hisob siyosati, pul belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat 
loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQShda g‘aznachilik uchta 
asosiy funksiyani bajaradi:
1. Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, 
soliq siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha asosiy iqtisodiy 
maslahatchisidir.
2. G‘aznachilik davlatga moliya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni 
bajaradi:

davlat pul mablag‘larini hisobga olish; 


389 

omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish; 

soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini yig‘ish; 

milliy banklar faoliyatini nazorat qilish; 

tangalar zarb qilish, qog‘oz pullar va pochta markalari chiqarish.
3.Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g‘aznachilik Prezident, Vitse 
prezident ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U 
firibgarlar, kontrabandist, butlegerlar, davlat chek va qimmatbaho qog‘ozlarini 
qalbakilashtirgan shaxslarni qidirish, jazolash, o‘q otar qurollar savdosini nazorat 
qilish va qonun nazorati bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi 60 dan ortiq federal 
tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda g‘aznachilik 
AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo‘yicha vakilidir. AQSh tomonidan XVF, 
XTTB, Amerika taraqqiyot bankining boshqaruvchisidir. Shuningdek AQSh 
G‘aznachiligi ko‘p sonli qo‘mita va uyushma, sug‘urta fondining a’zosidir.
G‘aznachilik milliy omonat muassasalari faoliyatini nazorat qiladi, ularga 
litsenziyalar beradi va omonat xolding kompaniyalarini faoliyatini nazorat qiladi. 
Xolding – aktsiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi, o‘z mablag‘ini boshqa 
kompaniyalar nazorat paketini sotib olishga sarflaydi va ularni nazorat qiladi.
G‘aznachilik Kongressga mamlakatning moliyaviy holati bo‘yicha yillik 
hisobot tayyorlaydi va taqdim etadi. G‘aznachilik tomonidan doimiy nashr 
etiladigan hisobotlar g‘aznachilikning kunlik hisoboti, AQShning ichki qarzi 
bo‘yicha oylik hisobot, AQShning daromad va xarajatlari bo‘yicha oylik hisobot 
va muomaladagi pul mablag‘lari bo‘yicha oylik hisobotni o‘z ichiga oladi. 
Shuningdek g‘aznachilik oylik byudjetni ham chop etadi. Oylik byudjetda quyidagi 
ma’lumotlar beriladi:
 Federal hukumatning moliyaviy operatsiyalari; 
 Federal hukumatning pul majburiyatlari; 
 G‘aznachilik hisobvarag‘idagi federal va qarz mablag‘lari statistikasi;
 davlat qarzlarini moliyalashtirish; 
 davlat omonat obligatsiyalari; 
 davlat qimmatli qog‘ozlaring bozor kotirovkasi; 


390 
 davlat qimmatli qog‘ozlarning egalik tarkibi; 
 tijorat banklaridagi g‘aznachilik mulki tarkibi; 
 uzoq muddatli obligatsiyalarining daromadlilik darajasi; 
 xalqaro moliyaviy statistika; 
 kapital harakatlar statistikasi.
 valyuta rezervlari; 
 davlat agentliklari va fondlarining moliyaviy operatsiyalari.
AQSh G‘aznachiligi Nyu-Yorkdagi Federal jamg‘arma bankidagi o‘zining 
yagona hisobraqami bo‘yicha barcha tushumlarni va to‘lovlarni nazorat qiladi 
hamda hukumatning bankdagi hisobraqamlarini nazorat qiladi. G‘aznachilik 
tushumlarini yig‘ish uchun bank tizimidan foydalanadi.G‘aznachilik 4-6 oyga 
kunlik taqsimoti bilan, o‘zgaruvchan moliyaviy grafikni tayyorlaydi va uni har 
oyda yangilaydi. 
AQSh G‘aznachiligi o‘z vakolatlari doirasida : 
– davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni nazorat qiladi va hajmi
muddatlari va auktsionlarda joylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi. 
– qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozori uchun tartib- qoidalarni 
belgilaydi; 
– barcha soliq va bojxona bojlarini yig‘adi va ayrim muassasalar uchun 
foydalanganlik va xizmatlar uchun to‘lovlarni markazlashgan tarzda yig‘ishni 
ta’minlaydi.
– xarajatlarga byudjet birligi talabnomasi bo‘yicha byudjet ajratmalari 
doirasida amalga oshiriladi. Ajratmalar tuzilmasi G‘aznachilik va Ma’muriy - 
byudjet boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi; 
– buxgalteriya hisob-kitobida tashkilotlarga yo‘riqnomalarni tayyorlash, 
ularning talabnomalarini olish, har oylik hisobotlarni va yillik moliyaviy 
qaydnomalarni tayyorlash uchun javob beradi. 
Dunyoning rivojlangan kapitalistik davlati - AQShda davlat byudjetini 
tayyorlash va ijrosini tashkil etilishiga mamlakat prezidentining Ma’muriyatiga 
kiruvchi Byudjet Boshqaruvi Idorasi (Office of Management and Budget) (BBI) 


391 
javob beradi. AQSh Kongressi tomonidan ajratmalar xarajatlari haqidagi qarorlar 
Prezident ma’muriyatidagi tarmoqlar departamentlari orqali nazorat qilinadi. 
Nodavlat moliyaviy nazorati ichki (byudjet tashkiloti, g‘aznachilik, firma, 
korporativ) va tashqi (auiditorlik) nazoratlariga bo‘linadi. Nazoratning davlat va 
nodavlat turlari o‘tkazish usullariga ko‘ra o‘xshash bo‘lishi bilan birgalikda oxirgi 
maqsadlari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Nodavlat moliyaviy 
nazoratining asosiy maqsadi esa- xo‘jalik subyektlari tomonidan davlat hisobiga 
soliqlar va boshqa iqtisodiy agentlarga qilinadigan xarajatlarni minimallashtirish 
hisobiga qo‘yilgan kapitallar hisobiga foyda normasini oshirish hisoblanadi. 
AQSh g‘aznachiligi (Treasure Department) hamma davlat tushumlari va 
to‘lovlar tizimi ustidan nazoratni amalga oshiradi. G‘aznachilik tarkibiga Soliq 
boshqaruvi va Bojxona boshqaruvi kiradi. Shu bo‘linmalar orqali G‘aznachilik, 
hamma soliq va bojxona yig‘imlari va davlat bojlari hamda ayrim muassasalar 
xizmatlari evaziga tushumlarni yig‘ib oladi. G‘aznachilikning bosh hisobraqami 
Federal rezerv tizimida (AQSh Markaziy bankida) yuritiladi. Shu bilan birga 
g‘aznachilik hukumat hisobraqamini nazorat qiladi. Daromadlar va tushumlar 
yig‘imi bank tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Davlat mablag‘lari xarajatini hisobi va auditini Bosh Nazoratchi 
boshchiligidagi Bosh Hisob Boshqarmasi (BHB) (General Accounting Office) 
ta’minlaydi. Byudjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari va prognozi Internet 
tizimida 
AQSh 
G‘aznachiligining saytida chop etiladi. Chop etilgan 
ma’lumotlarning maxsus bo‘limi kassa operatsiyalari va majburiyatlarni bajarish 
operatsiyalariga bag‘ishlangan. Kongressning taqdimotiga va Prezident tasdiqlagan 
ajratmalarga asoslangan ravishda byudjet mablag‘larini oluvchilar G‘aznachilikka 
rasmiy talabnoma taqdim qilishadi. G‘aznachilik departamentlarga ajratilgan 
ulushni Byudjet Boshqaruvi Idorasi bilan birgalikda nazorat qiladi. Shu bilan birga, 
BBI departamentlar xarajatlari tarkibiga umumiy holda javob beradi. 
 
 
 
 


392 
3-jadval

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling