D tashmuxamedova


-jadval.  G‘aznachilik tizimida byudjet jarayonlarini amalga oshirilishi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

1-jadval. 
G‘aznachilik tizimida byudjet jarayonlarini amalga oshirilishi
131
 
Xarajatlar aylanish davri 
Byudjet jarayonlarini amalga oshirilishi 
Bank tizimidagi holat 
G‘azna tizimidagi holat 
Ajratmalar 
Byudjet boshqarmalari-hududiy 
moliya organlari 
Byudjet boshqarmalari-hududiy 
moliya organlari 
Taqsimlash (smeta-yoyilma) 
Byudjet boshqarmalari-hududiy 
moliya organlari 
Byudjet boshqarmalari-hududiy 
moliya organlari 
Byudjetni yil ichida qayta ko‘rib 
chiqish 
Byudjet boshqarmalari-hududiy 
moliya organlari 
Byudjet boshqarmalari-hududiy 
moliya organlari 
Majburiyatlar
(shartnoma, buyurtma) 
Byudjet tashkilotlari 
buxgalteriya bilan birgalikda 
kreditor qarzlar va haqiqiy 
xarajatlardan farq qiladigan 
majburiyatlar hisobotlarda
ko‘rsatilmaydi
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya 
bilan birgalikda 
g‘aznachilikda ro‘yxatdan 
o‘tkazish kerak.
A. har oylik hisobot
Verifikatsiyalash
(yetkazib berish) 
Byudjet 
tashkilotlari 
buxgalteriya bilan birgalikda 
choraklik hisobotlar 
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya 
bilan birgalikda. 
G‘aznachilikda ro‘yxatdan 
o‘tkaziladi. Mumkin bo‘lgan 
ro‘yxatga olish rejimlari: 
majburiyatlarga nisbatan.
V. har oylik hisobot 
Kassa limitlari (masalan, 
yo‘riqnoma/sertifikatlar) 
G‘azna har oylik/har kunlik 
hisobotlar 
To‘lov xabarnomalari 
G‘azna va byudjet tashlotlari 
buxgalteriya bilan birgalikda
131
 Колесов A.С. Бюджетный протцесс: сушность и совершенствование. – Финансы № 11. 2010. – с 
8.
 


377 
har oylik / har kunlik hisobotlar 
To‘lovlar
(bankka jo‘natiladigan xarajatlarni 
amalga oshirish ruxsatnomalari) 
Banklar: kassa balansi: har 
kunlik 
hisobot 
Byudjet 
tasnifi-tarmoq-paragraf: 
har 
oylik hisobot 
G‘aznachilikda har oylik/har 
kunlik hisobotlar
Byudjetdan mablag‘ oluvchi
tashkilotlar (axborot g‘aznaga 
elektron yo‘l bilan uzatiladi) 
D. har oylik hamda har kunlik 
hisobotlar. 
Kassa balanslari haqida kunlik 
hisobotlar 
Buni o‘zlashtirish uchun shuni nazarda tutish kerakki, byudjetning 
g‘aznachilik ijrosida turli malakaga ega, davlat boshqaruvi va mahalliy boshqaruv 
tizimlarining turli pog‘onalarida ishlayotgan mutaxassislar faol qatnashadi. Davlat 
byudjetining g‘aznachilik ijrosiga doir asosiy tamoyillar, byudjet ijrosi bilan 
bog‘liq jarayonlarni va harakatlarda shu tizim qatnashchilari tamoyillarga rioya 
qilishni o‘zaro kelishib olinmagunga qadar, tizim faoliyatining samarasi yuqori 
bo‘la olmaydi. Shu nuqtayi nazardan bu tizimga umumiy va tushunarli yagona 
tamoyillar joriy qilinmasa turli muammolarni olib kelishi mumkin. Bu vaziyatda 
byudjetning g‘azna ijrosida quyidagi tamoyillar keltiriladi: 
1. Byudjetning g‘aznachilik ijrosiga doir eng muhim tamoyil - daromadlar va 
xarajatlar Yagona kassadan amalga oshirilishi. Bunda byudjet taqchiligini yopish 
uchun byudjet tushumlari va byudjetning barcha daromadlari Yagona G‘aznachilik
hisobidan amalga oshiriladi.
2. Ikkinchi muhim tamoyil - Davlat byudjeti ijrosining hisoboti va 
buxgalteriya hisobini umumiy (yagona) tasnifga asoslangan tizimini yaratilishi. Bu 
tamoyil Davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosi tizimini o‘zida mujassamlashtirgan 
hisobotlar va shu jarayonga tegishli barcha standartlarni joriy qilinishini bildiradi. 
Bunga davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha hisob va hisobotlar, davlatning byudjetdan 
tashqari maqsadli fondlari, uzoq muddatli dasturlari, byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari jalb qilingan mablag‘lari kiradi. Bu borada tashkilotlarning 
yagona buxgalteriya hisobi standartlari va hisobotlari faqatgina O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida emas balki byudjet tashkilotlarida 
ham yagona byudjet tasnifi, buxgalteriya hisobi plan schyotlari va buxgalteriya 
hisobi hujjatlari bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Bu tamoyil g‘aznachilik 


378 
organlari va byudjet tashkilotlaridan tashqari, yagona tasnifga asoslangan hisob va 
buxgalteriya hisobi tizimi soliq va bojxona organlaridan tushadigan davlat byudjeti 
daromadlari, 
byudjetdan 
tashqari 
fondlarning 
daromadlariga 
tushadigan 
mablag‘lar, daromadlarni maxsus yig‘uvchilarga hamda davlatning maqsadli 
jamg‘armalarini taqsimlovchilarga qo‘llaniladi. 
3. Byudjet ijrosining banklar orqali amalga oshiriluvchi kassali ijrosidan farqli 
ravishda g‘aznachilik tizimida byudjet ijrosida tushumlarning Yagona g‘azna 
hisobraqamiga kelib tushishidan oxirgi pul mablag‘larni oluvchiga yetib borgunga 
qadar kuchli moliyaviy nazorat qilinishi ta’minlanadi. Bu “tiniqlik” tamoyilini 
amalga oshirish imkonini yaratadi. Jamiyatni demokratiyalashtirish va fuqarolik 
jamiyati tarraqqiyoti natijasida, siyosiy partiyalar, turli harakatlar va nodavlat 
tashkilotlari davlat byudjetini rejalashtirish jarayonida bir-birlari bilan muhokama 
qilishi va dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash jarayonida mazkur tamoyildan 
foydalanishlari tarraqiy etgan davlatlarda tabiiy hol. O‘zbekiston Respublikasida 
“tiniqlik” tamoyilini amalga oshirish byudjet jarayoni uchun asos bo‘lib, qolaversa, 
davlat byudjeti mablag‘larining samaradorligi oshishiga xizmat qilish imkonini 
beradi. Shu bilan birga, shuni e’tiborga olish kerakki, alohida ekspertlar va xalqaro 
tashkilotlar “tiniqlik” tamoyili ma’nosida Davlat byudjeti ijrosini boshqa davlatlar 
byudjet ijrosi bilan solishtirishga urinib, haqqoniylikka erishadi. 
O‘zbekistonning 
iqtisodiy 
islohotlari 
“shok 
terapiyani” 
o‘zida 
mujassamlashtirmagan, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, oldingi 
bosqichning samarali amalga oshirilishiga qarab, aholini maksimal ijtimoiy 
himoyalagan holda amalga oshirishi tamoyili asosida o‘zgarishlar bo‘lmoqda. 
Lekin, rivojlangan va qo‘shni davlatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va 
byudjet bilan bog‘liq hal qilinayotgan masalalar, bizning mamlakatimizdagi Davlat 
byudjeti maqsadlaridan sezilarli farq qilinishini inobatga olishimiz kerak. Hattoki, 
erkin va dekmokratik hisoblangan davlatlarda davlat byudjetining ba’zi backdoor 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling