D tashmuxamedova


 Xorijiy tajribalar asosida g‘aznachilik tizimini takomillashtirish


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

12.4. Xorijiy tajribalar asosida g‘aznachilik tizimini takomillashtirish 
yo‘nalishlari 
Milliy g‘aznachilik tizimining asosiy vazifalaridan biri davlat moliyaviy 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdir. Jahon tajribasi shuni 
ko‘rsatadiki, davlat moliyasi tarkibiga kiruvchi, “g‘aznachilik” deb ataluvchi organ 


400 
o‘ziga yuklatilgan funksiyadan kelib chiqib, turli majburiyatlarni bajaradi. 
G‘aznachilikning tuzilishi va vazifalari mamlakatning tarixiy va madaniy urf-
odatlaridan, shuningdek, iqtisodiy holatidan kelib chiqib belgilanadi. 
G‘aznachilik ayrim mamlakatlarda passiv ahamiyatga ega. U faqat 
tasdiqlangan byudjet mablag‘larini ajratish bilan shug‘ullansa, majburiyatlar 
limitini belgilash va xarajatlar to‘lovini amalga oshirsa yoki oldindan belgilangan 
mezonlar asosida alohida xarajatlarni ishlab chiqishga ruxsat bersagina, faol 
ahamiyatga ega. G‘aznachilik davlat qarzlarini boshqarishning turli darajalarida 
ishtirok etadi va nihoyat, hisob funksiyasi bajarilishiga ham javob berishi mumkin. 
Davlat moliyasini boshqarishning va g‘aznachilik tashkiliy tuzilishining yagona 
modeli mavjud emas, g‘azanchilikning bo‘limlari, boshqarmalari va aniq 
funksiyalari turli mamlakatlarda farqlanadi.G‘aznachilik funksiyasi vaqt o‘tishi 
bilan o‘zgarishi mumkin. Uning tashkiliy tuzilishi agarda AQShda Moliya vazirligi 
Departamenti, Frantsiyada Moliya vazirligi Boshqarmasi, Angliyada mustaqil 
mahkama, Avstraliyada esa vazirlik darajasida ko‘rinishiga ega. 
4-jadval 
Rivojlangan mamlakatlarning davlat to‘lovlarini amalga oshirish 
uslubiyati
136
 
Mamlakatlar 
Tavsiflar 
Avstraliya 
Moliya vazirligi to‘lovlarni cheklar chiqarish yoki 
mablag‘larni g‘aznachilikning yagona hisobraqami (G‘YaH) 
- Avstraliya uyushmasining davlat hisobraqamidan chiqarish 
orqali amalga oshiradi. 
Frantsiya 
Moliya vazirligining davlat hisob xizmati hududiy kassa 
boshqarmalariga to‘lovlarni chek chiqarish yoki pul 
mablag‘larini G‘YaHdan ko‘chirish orqali amalga oshiradi. 
Germaniya 
Xuddi Frantsiya amaliyotiga o‘xshaydi, lekin mablag‘larni 
o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi. 
Yaponiya 
Tarmoq vazirliklarining nazoratchilari to‘lovlarni cheklar 
yoki Yaponiya bankida ochilgan G‘YaHdan ko‘chirish 
orqali amalga oshiradi. 
136
Eshnazarov T. G‘aznachilikning yagona hisobvaragi: nazariya va amaliyot. Moliya. 2009 y. 1-son. 41 b. 


401 
Angliya 
Tarmoq vazirliklari to‘lovlarni cheklar yoki G‘YaHdan 
ko‘chirish 
orqali 
(Angliya 
bankidagi 
bosh 
g‘azna 
hisobraqami orqali) amalga oshiradi. 
AQSh 
AQSh G‘aznachiligi to‘lovlarni cheklar chiqarish yoki 
mablag‘larni G‘YaH - Nyu-York Federal zaxira bankining 
g‘azna hisobraqami orqali amalga oshiradi. 
Qayd etilgan mamlakatlarning barchasida to‘lovlar nazorati g‘aznachilikning 
yagona hisobraqami orqali amalga oshiriladi. Bu hisobraqamning aniq ko‘rinishi 
turli mamlakatlarda turlichadir. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarning qariyb 
barchasida g‘aznachilik amalga oshirilgan xarajatlari nazoratini markaziy bankda 
ochilgan yagona hisobraqami orqali, ya’ni bosh kitobi tizimi orqali nazorat qiladi. 
Bu mamlakatlarda davlat to‘lovlari 4-jadvalda aks ettirilgan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida keltirilgan mamlakatlar G‘aznachilik Yagona Hisobraqami tuzilishi 
jadvalda keltirilgan. (5-jadval) 
Berilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Frantsiya va Germaniyada 
G‘aznachilik Yagona Hisobraqami hududiy kassa boshqarmalari hisobraqamini o‘z 
ichiga oladi, Yaponiya G‘aznachilik Yagona Hisobraqami Yaponiya bankining 
hisobraqamini qamrab oladi. Angliyada tarmoq vazirliklari G‘aznachilik Yagona 
Hisobraqami mablag‘dan to‘la hajmda foydalana oladi, ammo jamlanma daromad 
fondidan bu hisobraqamlarga mablag‘larni ko‘chirish, jamlanma har kunlik balans 
va ularning hisobi g‘aznachilik nazorati ostida bo‘ladi. 
Angliyada AQSh kabi soliq-byudjet sohasidagi asosiy javobgarlik to‘g‘ridan 
to‘g‘ri g‘aznachilikka yuklatilgan. Germaniyadan tashqari boshqa barcha 
mamlakatlarda byudjet muassasalari o‘z hisobini yuritadi, ammo ularning tizimi 
to‘liq markaziy hisob tizimiga birlashtirilgan, bu tizim Moliya vazirligi tomonidan 
boshqariladi. Mamlakatda Moliya vazirligi barcha byudjet muassasalariga hisob 
yuritish borasida to‘liq xizmat ko‘rsatadi. Bu xizmat to‘lovlarni amalga 
oshirishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Yaponiya banki hukumat uchun 
parallel ravishda byudjet-soliq sohasidagi barcha hisob-kitoblarni yuritadi, 
shuningdek, Moliya vazirligi umumiy buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqarish 


402 
va tartibga solish bo‘yicha javobgar. Bu borada Yaponiya dunyoda yagona davlat 
hisoblanadi. 
5-jadval
 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling