D tashmuxamedova
AQSh davlat moliyasi boshqarmasining qatnashchilari
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
AQSh davlat moliyasi boshqarmasining qatnashchilari
135 Byudjet ijrosi va hisoboti Auditor bahosi Moliya boshqaruvi tizimi Kongress Qo‘shimcha, muddati uzaytirilgan, bekor qilingan xarajatlar va qayta dasturlangan xarajatlar to‘g‘risidagi qonun. Dasturlar monitoringi. Moliyaviy hisobotlarga so‘ralganlarni aniqlash.Nazorat o‘tqazilishi. GUBU(rus) va bashqalarda audit va ko‘rib chiqishlar talabnomasi. Ajratilgan vositalarga hisobot tarkibini tuzish. Moliya va boshqaruv vositalari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish. Byudjet Boshqarmasi Idorasi (BBI) Byudjet vakolatini taqsimlash. Muddati uzaytirilgan va bekor qilinganlar bo‘yicha takliflar tayyorlash. Taklif qilingan qo‘shimcha xarajatlarni qayta ishlash. Agentlik faoliyati natijalarini kuzatish. Byudjet inspektorlari tomonidan nazorat. Agentlikning baholanishi. Agentlikning ma’muriy vositalar nazorati nizomining tasdiqlanishi. Moliyaviy menejmentning xarid bo‘yicha joriy muammolari aylanishini ishlab chiqish. Departamentlar Agentliklar Byudjet ijrosi. Ijro monitoringi. Markaziy agentlikning hisoboti. Markaziy agentliklarga hisobotlar. Kundalik operatsiyalar boshqaruvi. Ichki audit va baholashni o‘tqazilishi. Ijro organlari va Kongress talabnomalariga javoblar tayyorlash. Moliyaviy bshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy qilish. Ichki va tashqi maqsadlar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash. G‘aznachilik Hukumat bankiri. Kassa ijrosi va majburiyatlarini boshqarish. Mablag‘lar boshqaruvini amalga oshirish. Agentlikning xarajatlarini ularning xarajat huquqlari bilan taqqoslash. O‘tqazmaslik. Umumdavlat hisob tizimini qo‘llab- quvvatlash. Umumdavlat moliyaviy hisobotini tayyorlash. BHB Hisobot Mablag‘lar xarajatlarini ushlab qolinishi va bu haqida hisobot berish. Davolar o‘tqazilishini muvofiqlashtirish. Federal programmalarni va operatsiyalarni ko‘rinishi. Davlat korporatsiyalarining moliyaviy hisoboti auditi va Kongressning ishga doir faolligi auditi. Hisob tamoyillari va standartlari farmoyishi. Agentlikning uchyot sistemasini tasdiqlanishi. Federal fiskal, byudjet programmalariga tegishli bo‘lgan standartlar ishlovining sharoiti. 135 Allen Schick, Robert Keith, Edward Davis. Manual on the Federal Budget Process.CRS Report for the Congress. 1991.P 172. 393 Rasmiy to‘lov talabnomalari va to‘lov hujjatlariga asosan g‘azna taqdim qilingan talabnomalarni to‘lab beradi. Odatda to‘lov vositalari sifatida cheklar ishlatiladi. Lekin oxirgi yillarda ularning o‘rnini elektron to‘lovlar egallamoqda. Quyidagi jadvalda AQSh davlat moliya boshqarmasi tizimi byudjet jarayoni qatnashchilari javobgarligi va majburiyatlari ko‘rsatilgan. AQShda davlat byudjeti ijrosi G‘aznachilik va Byudjet Boshqaruvi Idorasi bilan izchil hamkorlikka asoslangan holda amalga oshiriladi. Byudjet Boshqarmasi Idorasi hisobot yilidagi Byudjet ijrosi qonuniga asosan Prezident ma’muriyatining turli departamentlararo xarajatlar smetasi, shuningdek xarajatlar hisobi taqsimlanishini amalga oshiradi. G‘aznachilik makroiqtisodiy holat istiqbollarining belgilanganligiga asosan, davlat g‘aznachiligiga daromadlar tushumining hisobini ta‘minlaydi. G‘aznachilik xarajatlar oqimini hamda daromad tushumlari oqimini ta’minlaydi. Shu maqsadda G‘aznachilik Departamenti va tarmoqlar departamentlari orasida doimiy maslahatlar olib boriladi. Tushumlar bilan belgilangan xarajatlar qoplanmagan taqdirda AQSh G‘aznachiligi, unga berilgan vakolatdan foydalanib, yangi qarz majburiyatlarini chiqarishni va hisobini tashkil etadi. 1) Kongress, BBI, G‘aznachilik Departamenti va BHB xarajatlar siyosati uchun umumdavlat oldida javobgardir. Shuningdek agentlik o‘zinig moliyaviy resurslarini boshqaruvida ham javobgar hisoblanadi. 2) Kongress Federal dasturlari nazoratini olib boradi va tez-tez BHBB va boshqalardan baholashni talab qiladi. 3) BBI agentliklararo mablag‘larni taqsimlaydi, xarajatlar va faoliyat natijalarini kuzatadi. Moliyaviy menejment bo‘yicha turli xil yo‘riqnomalarni chiqaradi. Agentliklar xarajatlar rejalarini ishlab chiqadi va o‘zlarining resurslarini boshqaradi. Ular o‘zlarining moliyaviy operatsiyalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlashadi va ichki nazorat tizimini me’yorda saqlaydilar. 4) Agentliklar o‘zlarining xarajatlari yuzasidan amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisobot tayyorlab, ichki nazorat tizimini me’yorida saqlaydilar. 394 5) G‘aznachilik Departamenti markaziy ajratmalar va schyot fondlari bilan shug‘ullanib, majburiyatlari va mavjudligi boshqaruviga javob beradi. 6) BHB federal dasturlarga baho beradi va davlat korporatsiyalari moliyaviy hisoboti auditi o‘tkazilib, standart va buxgalteriya hisobi tamoyillari va standartlari o‘rnatilib, agentlikning buxgalteriya hisobi sistemasini tasdiqlab beradi. Davlat xarajatlari mablag‘larini hisobi va auditi Bosh Nazoratchi boshchiligida ta’minlash Bosh Hisob Boshqarmasi ta’minlaydi. G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlarning (T-Bills-g‘aznachilik majburiyatlari). chiqarilishi va aylanishini to‘liq nazoratini ta’minlaydi Bu yerda davlat majburiyatlari qaysi muddatda chiqarilish hajmi kabi savollar ko‘rib chiqiladi. Davlatning uzoq muddatli majburiyatlarini samarali tashkillashtirish, g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlarini ikkilamchi bozorida o‘rnatishga yordam beradi. AQSh Federal hukumati pul mablag‘larining barcha kassa oqimlarini G‘aznachilikning AQSh Federal Rezerv tizimida ochilgan hisobidan o‘tadi. Uning vazifasiga G‘aznachilikning hisobini olib borish va elektron to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni o‘tkazishni ta’minlash kiradi. Dunyodagi boshqa mamlakatlarning Markaziy banklaridek, Federal rezerv tizimi monetar siyosatni va bank faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi hamda iqtisodiy statistikani olib boradi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling