1-bosqich. Tarmoq, vazirliklar va idoralar hisobraqamiga tushadigan byudjet
mablag‘larining hajmini tasdiqlash.
2-bosqich. Soliq organlari orqali byudjetning daromad qismini amalga
oshirish va tasdiqlangan xajmlariga binoan byudjet oluvchilarning tijorat
banklaridagi hisobraqamlariga yetkazib berish.
3-bosqich. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga
oshirilishi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobraqasiga
tushgan mablag‘ Moliya vazirligi va uning joylardagi moliya organlarining
nazorati doirasidan tashqarida amalga oshiriladi. Bu mablag‘larning nazorati tijorat
banklarining o‘ziga yuklatiladi. Tijorat banklarining hisobraqamlaridagi shu davr
ichida ishlatilmagan byudjet tashkilotlarining qoldiq mablag‘lari tijorat
banklarining resurs mablag‘lari vazifasini bajaradi hamda to‘lov muddati kelgunga
qadar o‘sha bank tomonidan tijorat maqsadida ishlatilishi mumkin. Bunda tijorat
tavakkalchiligi bilan bog‘liq xatarlar ushbu mablag‘lar zimmasiga tushishi
tabiiy.(1-rasm)
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari Barri Potter va Jek Daymont fikricha,
“Iqtisodiy hamkorlik va tarraqqiyot tashkiloti
126
tarkibidagi ko‘pchilik mamlakatlar
davlat moliyasini boshqarishda g‘aznachilik tizimiga suyanishadi va bunda
g‘aznachilik tizimining Moliya vaziri tomonidan boshqarilishi davlat mablag‘larini
ishlatilish samaradorliligini va ularning o‘z vaqtida va maqsadli ishlatilishi ustidan
nazorat etish sifatini ham sezilarli darajada oshiradi”
127
.
126
rganization for Economic Cooperation and Development (OECD)
127
Barry Potter, Jack Diamond. Building Treasury Systems.1999 r3.
374
1-rasm. Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida g‘aznachilik
Do'stlaringiz bilan baham: |