D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘aznachilik axborot tizimining axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqalari
116
116 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi ma’lumotlari asosida. 345 2009–2012-yillar mobaynida nomi yuqorida zikr etilgan qarorga muvofiq (PQ-721-sonli) mamlakatimizda “Davlat moliya tizimini boshqarishning informatsion tizimi” deb nomlangan zamonaviylashtirilgan amaliy dastur bilan ta’minlash rejalashtirildi. Mazkur dasturning amalga tatbiq etilishi orqali butun respublikamiz hududida davlat byudjetining g‘azna ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olish imkoniyati yaratilmoqda. Ayni vaqtda byudjet tizimi byudjetlarining barchasi uchun birdek ochiq bo‘lgan tranzit tarzida harakatlanishi mumkin bo‘lgan daromad (tushum)lar kirim qilinadigan maxsus hisobraqamlar yopilib, ularning o‘rniga “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) majmuaviy dasturi bo‘yicha davlat byudjetining daromadlar qismiga kelib tushadigan tushumlar uchun alohida shaxsiy hisobraqamlarning ochilishi joriy etildi. G‘aznachilik axborot tizimining quyidagi axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqalari ta’minlanadi : Moliya vazirliging global uyg‘unlashgan axborot tizimi Davlat Bojxona qo‘mitasining axborot tizirni Davlat Soliq qo‘mitasining axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining axborot tizimi Davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining axborot tizimi 3-rasm. G‘aznachilik axborot tizimining axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqalari 346 Moliya vazirligi G‘aznachiligi hamda uning joylardagi hududiy bo‘linmalarining funksional faoliyatini amaliy va normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash uchun tegishlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Moliya vazirligi G‘aznachiligi o‘z zimmasiga yuklatilgan funksional faoliyatni amalga oshirishida joriy qonunchilik talablariga, shuningdek, ayni turdagi faoliyatga taalluqli jahon standartlari (MSBGUS, RSGF-2001)ga muvofiq ish yuritilishi ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tashkiliy tuzilmalari “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi” (DMBAT) majmuaviy dasturining amaliyotga bevosita tatbiq etilish vaqtiga kelib ma’lum darajada optimallashtirildi. Shu maqsadda mavjud tizim negizida moddiy-texnik, informatsion va kadrlar bilan ta’minlanish jihatidan muayyan yangilanishlar qilindi. “Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosi qoidalari” joriy qilinishi asosida tegishli byudjetlarning byudjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan byudjet tizimi byudjetlari va BMJ byudjetlari ijrosi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi — «O‘RMV» AT Davlat byudjetining kirim qismiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali byudjetlar o‘rtasida taqsimlab berish jarayonlari amaldagi normativlarga mos ravishda bajarilishi va xarajatlarni amalga oshirilishida g‘aznachilik organlari tomonidan ma’lumotlarni uzatish yoki ma’lumot almashishda ahamiyatga ega tizim sifatida joriy etildi 117 . Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tegishli hujjatlarini elektron qabul qilish va ma’lumotlarni almashishda byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va hisobotining yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy majmua —.«UzASBO» DM joriy etilgan. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling