D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Ma’lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet 
tizimini, uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish 
shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi 


352 
byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag‘larini shakllantirish va 
sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
119

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 7-moddasida qayd etilgan 
byudjet tizimining yagonaligi tamoyiliga muvofiq, barcha darajadagi byudjetlarni 
shakllantirish va ijro etishda yagona byudjet tasnifi qo‘llaniladi. Barcha darajadagi 
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tasniflash obyektlariga tegishli 
raqam(kod)lar berish bilan guruhlanadi hamda tasnif ko‘rsatkichlari doirasida 
shakllantiriladi va ijro etiladi. 
Byudjet tasnifi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hamda 
ulardan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda davlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro 
qilish, shuningdek davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari 
ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi. 
Byudjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli 
jamg‘armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, 
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishi bo‘lib, 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

davlat byudjeti daromadlarining tasnifi; 

davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy 
tasnifi; 

davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi. 
Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda 
ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va 
byudjet ma’lumotlarining xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari 
bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. 
119
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. 
2010 New Jersey 
 


353 
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar 
daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. 
25 koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli 
ko‘rinishga ega: 

mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi; 

daromadlar turi; 

hududiy tasnif. 
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega: 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling