D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
 
Mablag‘lar manbasi va 
byudjetlar darajasi tasnifi 
Daromadlar turi 
Tashkiliy 
tasnif 
Hududiy tasnif 

xxx 



xxx xxx 
xxx 
xx 
xxx 
 
Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) tatbiq etilguniga 
qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni 
tuzishda faqatgina “Daromadlar turi” kodi qo‘llaniladi
Xarajatlar tasnifi. Davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan 
tashqari jamg‘armalar xarajatlari tasnifi barcha byudjet darajalari xarajatlari 
guruhlanishini o‘zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy 
vazifalarni hal qilishga byudjet mablag‘larining yo‘naltirilishini aks ettiradi. 
Xarajatlar tasnifi quyidagilardan iborat: 

mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi; 

hududiy tasnif; 

xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi; 

xarajatlarning iqtisodiy tasnifi; 

xarajatlarning iqtisodiy tasnifi (xarajatlar guruhi bo‘yicha);


354 

tashkiliy tasnif; 
Xarajatlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
Mablag‘lar 
manbasi va 
byudjetlar 
darajasi tasnifi 
Xarajatlarning 
vazifa jihatdan 
tasnifi 
Tashkiliy 
tasnif 
Xarajatlarning 
iqtisodiy tasnifi 
Hududiy 
tasnif 

xxx x x 

xxx xxx 
xxx 
xx 
xx 
xxx xx 
xxx 
DMBAT to‘liq tatbiq etilguniga qadar xarajatlar smetasini va xarajatlar 
smetasi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni (davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni 
qo‘shgan holda) tuzishda “Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi”, “Tashkiliy 
tasnif” va “Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi” kodlari qo‘llaniladi. 
G‘aznachilik tizimi samarali faoliyat qilishi uchun byudjet daromadlari va 
xarajatlarining mukammal ishlab chiqilgan funksional va iqtisodiy tasnifi bo‘lishi 
lozim. Davlat mablag‘lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning 
buxgalteriya hisobini bank tizimidan G‘aznachilikka o‘tkazilishi bilan barcha 
operatsiyalar yagona G‘aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettiriladi. Bunda 
konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro etishda, davlat moliyasi bilan amalga 
oshiriladigan barcha jarayonlarni o‘z vaqtida va aniq hisobini yuritishda 
G‘aznachilikning hisob-kitob schyotlari byudjet daromadlari va xarajatlarining 
tasniflash tizimiga mos kelishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, G‘aznachilikning 
ma’lumotlar bazasida barcha ma’lumotlar byudjet tasnifiga asosan guruhlanadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling