D tashmuxamedova
va hisobotini yuritish bilan shug‘ullanuvchi “UzASBO” KD bilan ishlash
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
va hisobotini yuritish bilan shug‘ullanuvchi “UzASBO” KD bilan ishlash
huquqiga ega xodimlarning vazifalari Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha barcha operatsiyalar me’yoriy- huquqiy hujjatlar talablaridan kelib chiqilgan holda avtomatlashtirilgan. 362 Yuqori turuvchi tashkilot tomonidan buxgalteriya hisobining yuritilishi quyidagi hajmda olib boriladi: buxgalteriya hisobi bo‘yicha operatsiyalarni byudjetdan mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobraqamida avtomatlashtirilgan tarzda yuritish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni kiritish; buxgalteriya hisobi bo‘yicha birlamchi hujjatlarni tayyorlash va shakllantirish; byudjet mablag‘larini tasarruf etuvchining yig‘ma xarajatlar smetasi buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha hujjatlar aylanmasini shakllantirish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish; xarajatlar smetalarini taqsimlash va ularning idoraviy mansubdagi byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etilishi hujjatlarini shakllantirish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish; Moliya vazirligi bilan birgalikda elektron ko‘rinishdagi avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanmasi bo‘yicha operatsiyalarni bajarish; buxgalteriya hisobi birlamchi registrlarini, byudjet mablag‘larini oluvchining joriy va davriy hisobotlarini shakllantirish; turdosh dasturiy mahsulotlar (“G‘aznachilik” KD) bilan avtomatlashtirilgan ma’lumotlar almashinuvi; moliyaviy axborotning yagona ma’lumotlar bazasi bilan avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa operatsiyalar. Byudjet mablag‘larini oluvchilarning FES xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobi bo‘yicha hisobotlarni chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalarning, shuningdek ma’lumotlar bazasining ma’murlanishi Moliya vazirligi axborot-hisoblash markazi xodimi – bosh administrator tomonidan nazorat qilinadi, bu xodim foydalanuvchilar rollarini belgilaydi, ularga login va boshlang‘ich parolni beradi, barcha zarur ma’lumotnomalarni (Moliya vazirligining davlat byudjeti bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda), shu 363 jumladan buxgalteriya hisobi registrlari va tegishli hisobotlar registrlarini boshqaradi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling