D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

“UzASBO” Kompyuter dasturi (KD) davlat byudjetidan byudjet mablag‘lari 
oluvchilarning, 
shu 
jumladan 
respublikaning 
barcha 
mintaqalarida 
joylashgan byudjet tashkilotlarining moliyaviy-hisob bo‘limi xodimlari 
tomonidan 
buxgalteriya 
hisobi 
bo‘yicha 
operatsiyalarni 
yuritishni 
avtomatlashtirish jarayoni uchun mo‘ljallangan dastur bo‘lib, byudjet 
tashkilotlaridagi 
buxgalteriya 
hisobini 
kompleks 
avtomatlashtirishni 
ta’minlaydi. 
“UzASBO” Kompyuter dasturi byudjet tashkilotlariga bepullik asosida 
amalga oshiriladi. 
“UzASBO” KD: 

byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobining to‘liq tsiklini o‘z ichiga 
olgan buxgalteriya hisobi bo‘yicha operatsiyalarni avtomatlashtiradi; 

“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo‘yicha Yo‘riqnoma”ning va 
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarning talablariga to‘liq muvofiqlikni ta’minlaydi; 

Moliya vazirligining ma’lumotlar markazida byudjet tashkilotlari 
ma’lumotlarining markazlashtirilgan tarzda saqlanishi va yuqori ishonchliligini 
ta’minlaydi; 

“G‘aznachilik-4” Kompyuter dasturi va boshqa mavjud kompyuter 
dasturlari bilan integratsiyalashuv uchun keng imkoniyatlar beradi; 

Moliya vazirligi va moliya organlari bilan o‘zaro ta’sirlashuv asosida 
byudjet tashkilotlari mablag‘larini jiddiy tejaydi; 

byudjet tashkilotlari xodimlariga dasturdan foydalanish huquqini beradi, 
ular Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazidan olingan “UzASBO” 
KDga kirish uchun loginlar va parollarga muvofiq Moliya vazirligining dasturiy 
maydonchasidan (http://www.mdm.uz) foydalanishlari mumkin. 


358 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning
“O‘zASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari.
“O‘zASBO” KD O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2010-yil 17-
dekabrdagi №105-sonli buyrug’iga va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi
to‘g‘risisdagi 2169-sonli yo’riqnomaga asosan ishlab chiqilgan.
“O‘zASBO” KD byudjet tashkilotlariga bepullik asosida amalga
oshiriladi.
Dasturdan foydalanish internet tarmog‘i orqali amalga
oshiriladi.
4-rasm. “UzASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari 

 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘lib, ular byudjet qonunchiligi, Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi 
bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobi va 
hisoboti bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar, ularning tarmoq spetsifikasi bilan 
belgilanadi. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: 

byudjet tasnifi moddalari kesimida buxgalteriya hisobini tashkil qilish; 

xarajatlar smetasining ijro etilishini nazorat qilish; 

byudjetlarni ijro etishning g‘aznachilik tizimiga o‘tish; 

hisobda kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlarni ajratish; 

byudjet sohasi (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va h.k.) muassasalarida 
hisobning tarmoq xususiyatlarini inobatga olish. 
“UzASBO” KDni joriy etish bo‘yicha ishlar natijasida quyidagi maqsadlarga 
erishiladi:

barcha byudjet tashkilotlari uchun yagona “UzASBO” KD versiyasi 
yaratilgan va qo‘llaniladi, bu unga o‘zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish, 
shuningdek ma’lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta’minlaydi; 


359 

barcha mintaqalarda joylashgan byudjet tashkilotlarining buxgalteriya 
hisobi va hisoboti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi tuzilmasi yaratiladi; 

buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo‘yicha 
yuritilishini ta’minlaydigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratiladi; 

tarixiy xronologiyani kuzatib borish, hisob davrlari, shu jumladan 
byudjet tashkilotlarining avvalgi yillardagi faoliyati davrlari bo‘yicha hisob 
yuritish imkoni beriladi; 

tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik 
hisob yuritish bo‘yicha registrlarni (vedomostlar, Bosh kitob va h.k.), turli joriy va 
davriy hisobotlarni (1-, 2-son shakllar, balans va unga ilovalar va h.k.) yuritish va 
ularni qog‘ozga tushirish imkonini beradi. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan
bog‘liq boshqa axborot “G‘aznachilik” KD dan “O‘zASBO” Kd ga
quyidagi ma’lumotlar bilan almashiniladi:
Byudjet tashkilotlarining “G‘aznachilik” KD da ochilgan
tegishli shaxsiy hisobvaraqlarida mablag‘larning
harakati haqida axborot berish
Byudjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
yetkazib beruvchilari bilan ro‘yxatga olingan
(qaytarilgan) shartnomalari haqida axborot berish
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni berish
5-rasm. “UzASBO” KD va “G‘aznachilik” KDlar ma’lumot almashinuvi 
Dastur umumiy markazlashtirilgan serverga, ma’lumotlarni saqlash va 
ishlash bo‘yicha yagona tizimga ega bo‘lgan yagona integratsiyalangan apparat - 
dasturiy kompleksdir. 


360 
“UzASBO” KD quyidagi komponentlar (hisob obyektlari) bo‘yicha 
buxgalteriya hisobini yuritish imkonini beradi: 

tovar-moddiy zaxiralar; 

debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar; 

asosiy vositalar (nomoliyaviy aktivlar) va nomoddiy aktivlar; 

pul mablag‘lari, kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlar; 

moliyaviy natijalarni hisobga olish bo‘yicha schyotlar, hisobotni 
shakllantirish va tuzish; 

xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar; 

“G‘aznachilik-4” kompyuter dasturi bilan o‘zaro ta’sirlashuv. 
Foydalanuvchilar dasturdan foydalanish uchun WEB-texnologiyalarni 
qo‘llagan 
holda 
Moliya 
vazirligining 
dasturiy 
maydoniga 
kiradilar 
(http://www.mdm.uz). 
“UzASBO” KD tarkibiy tuzilmasi funksionallikni boshqaruv darajalari 
bo‘yicha taqsimlashni, boshqa turdosh axborot tizimlari bilan informatsion o‘zaro 
ta’sirlashuvni o‘z ichiga oladi. 
“UzASBO” KD amaliy dasturiy ta’minotning boshqa tizimlar bilan o‘zaro 
axborot ta’sirlashuvi “G‘aznachilik” KD, shuningdek dasturiy komplekslar 
o‘rtasidagi himoyalangan aloqa kanallari orqali moliyaviy axborotning yagona 
ma’lumotlar bazasi bilan axborot ta’sirlashuvidan iborat, “UzASBO” KD bilan 
axborot ta’sirlashuvi jarayonida quyidagi ma’lumotlar bilan almashinuv amalga 
oshadi: 
“UzASBO” KDdan “G‘aznachilik” KDga; 

ro‘yxatga olingan xarajatlar smetalari va byudjet tashkilotlari 
daromadlari va xarajatlari bo‘yicha ma’lumotlar sinxronizatsiyasi; 

byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar. 


361 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan 
bog‘liq boshqa axborot “G‘aznachilik” KD dan “UzASBO” KDga quyidagi 
ma’lumotlar bilan almashiniladi: 

byudjet tashkilotlarining “G‘aznachilik” KD da ochilgan tegishli shaxsiy 
hisobvaraqlarida mablag‘larning harakati haqida axborotni berish; 

byudjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilari 
bilan ro‘yxatga olingan (qaytarilgan) shartnomalari haqida axborot berish; 

byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bilan 
bog‘liq boshqa axborotlarni berish. 
Dastur bir vaqtning o‘zida 30000 tagacha foydalanuvchining qulay ishlashini 
ta’minlay oladi. Bunda xodimlarning, dastur bilan bevosita ishlaydigan xodimning 
axborot texnologiyalari sohasidagi malakasi davlat sektoridagi ofis xodimining 
axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlariga qo‘yiladigan talablar bilan cheklanishi 
mumkin. 
6-rasm. Byudjet mablag‘larini oluvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling