D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘aznachilik axborot tizimi modullari
G‘aznachilikning axborot tizimini (AT) modernizatsiya qilish qismi g‘aznachilikning dasturiy mahsulotlarini tanlab, sotib olish, moslashtirish/parametrlashtirish, integratsiyalash, sinovdan o‘tkazish va boshlang‘ich ma’lumotlar dasturlarini joylash, axborot texnologiyalari jihozlari va telekommunikatsiyalar (ishlab chiqarish, nusxa ko‘chirish, ma’lumotlarni saq- lash, tarmoq va pochta serveslari, ishchi stansiyalar, tarmoq printerlari va global tarmoq (LAN/WAN), kommutatorlar va marshratizatorlar) sotib olish hamda 343 g‘aznachilikning axborot tizimi xodimlari va oxirgi foydalanuvchilarni o‘qitishni o‘z ichiga oladi. 115 G‘aznachilik axborot tizimining quyidagi axborot tizimlari bilan o‘zaro aloqalari ta’minlanadi: Moliya vazirliging global uyg‘unlashgan axborot tizimi. Markaziy Bankining axborot tizimi. Davlat Soliq qo‘mitasining axborot tizimi. Davlat Bojxona qo‘mitasining axborot tizimi. davlat maqsadli jamg‘armalari axborot tizimi. byudjet tashkilotlarining axborot tizimi. Mamlakatimizda Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh etish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri – davlat byudjeti g‘azna ijrosining avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va takomillashtirish hisoblanadi. Bu strategik vazifani bajarish maqsadida “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi” dasturiy majmuasi yaratildi va bugungi kunda u davlat boshqaruvining barcha pog‘onalarida byudjet ijrosini boshqarishning samarali va istiqbolli avtomatlashtirilgan axborot tizimiga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-721-sonli Qaroriga muvofiq ravishda mamlakatimiz hududlarida “Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha negizida amaldagi davlat moliya tizimining faoliyatini qamrab oluvchi informatsion tizimni takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda g‘aznachilik tizimi faoliyatining quyidagi modullari ishlab chiqildi(2-rasm): o daromadlarni boshqarish; o byudjet majburiyatlari va to‘lovlarini boshqarish; 115 Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc. 2010 New Jersey 344 o rejadagi byudjet ajratmalarini boshqarish. o kassali rejalashtirish va boshqarish. o bankni boshqarish. o qarzlar va moliyaviy aktivlarni boshqarish. o buxgalteriya. o hisobot yuritish. o axborot xizmati. o ma’muriy tizim. 2-rasm. G‘aznachilik axborot tizimi modullari Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling