D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Birinchidan, g‘aznachilik davlat byudjetining ijrosi jarayonida yuzaga 
keladigan daromad va xarajatlarni o‘z hisobvaraqlarida jamlaydi. Mablag‘arning 
Yagona g‘azna hisobvarag‘iga soliq va soliq bo‘lmagan daromadlar ko‘rinishida kelib 
tushishi moliyaviy resurslarni operativ boshqarish va davlat byudjeti xarajatlarini o‘z 
vaqtida to‘lash uchun barqaror baza yaratadi. 
Ikkinchidan, dastlabki nazoratni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi, 
ya’ni davlat byudjetining maqsadli va to‘g‘ri foydalanilishi keyingi nazorat 
o‘rnatish orqali amalga oshirilmaydi, byudjet mablag‘lari ko‘zda tutilmagan 
maqsadlar uchun ajratilmaydi.
Mamlakatimizda Davlat moliyasi tizimini isloh qilish jarayonida amalga 
oshirilayotgan har bir o‘zgarishlar natijasida pirovard maqsad ko‘zlanib ish 
yuritilmoqda. 
G‘aznachilik organlarining Davlat byudjetining kassa ijrosi, daromadlar va 
xarajatlar ustidan nazorat hamda byudjet mablag‘larini boshqarish sohasidagi 
vazifalari: 
o Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushgan daromadlarni turli 
darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchi-
larning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida 
hisobot tuzish. 
o Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, 
shuningdek, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa
uzilishlari oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik
hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish. 
Shartnomalarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirishdagi vazifalari: 
o Byudjet 
tashkilotlarining 
tovarlar 
yetkazib 
beruvchilar 
bilan 
shartnomalarni, shuningdek, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital


321 
qurilish bo‘yicha buyurtmalarning shartnomalari xarajatlar smetasida
ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga yo‘naltirilishi ustidan qat’i nazorat 
o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tar-
tibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ko‘zda 
tutilmagan hamda ajratilgan limitdan ortiqcha xarajatlarni oldini olish. 
o Byudjet tashkilotlarini, jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini
moliyalashtirishga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘laridan foydalanishni 
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga 
muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda qoidaga ko‘ra 
vositachilik xizmatlaridan voz kechish. 
o Davlat byudjeti G‘aznachilik tizimiga o‘tilganda byudjet muassasalari 
tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar uchun to‘lovlar moliyaviy 
majburiyatlarni tasdiqlovchi va xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan 
shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovarlar
yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga 
oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan joriy 
nazoratni ta’minlashga erishilishi. 
G‘azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobi va hisoboti. 
Davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish hamda kafolatlarini 
bajarish sohasidagi vazifalari. 
G‘aznachilik faoliyati nazoratini amalga oshirganda nazorat natijalariga 
ko‘ra byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish holatlarini aniqlash va bartaraf 
etish tartiblari amalga oshiriladi. 
Byudjet kodeksiga ko‘ra quyidagilar byudjet intizomini buzishdir
109

-Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet 
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini ularni olish 
(ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo‘lmagan maqsadlarga yo‘naltirish; 
109
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining187-moddasi asosida.


322 
-mehnatga haq to‘lash bo‘yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, 
ustamalar, ish haqiga qo‘shimchalar va boshqa to‘lovlar miqdorlariga rioya 
etmaslik; 
- byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, 
pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni 
to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib 
berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag‘lari berilishini banklarning 
rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish. 
Byudjet ijrosi bosqichida quyidagilar smeta-shtat intizomini buzishdir: 
- noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida va normativlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilgan 
byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni xarajatlar smetasiga kiritish; 
- xodimlarning belgilab qo‘yilgan cheklangan umumiy soniga, xodimlarning 
toifalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat normativlariga, namunaviy shtat normativlariga 
rioya etmaslik; 
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish 
va ulardan foydalanish tartibiga rioya etmaslik; 
- tarifikatsiya ro‘yxatlarini tuzishning belgilangan tartibi va normativlariga 
rioya etmaslik. 
 Moliya va g‘aznachilik organlariga byudjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish 
uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni 
belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik byudjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish 
uchun xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni 
taqdim etish tartibini buzishdir
110
.
O‘zbekiston Respublikasiga beg‘araz yordam doirasida kelib tushgan 
tovarlarni sotish, ijaraga berish yoki boshqa tijorat maqsadlariga yo‘naltirish 
ulardan foydalanish tartibini buzishdir.
Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar 
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
110
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining190-moddasi asosida.


323 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling