318
4-rasm.
Moliyaviy nazoratning usullari
107
G‘aznachilik tizimiga o‘tishgacha bo‘lgan davrda byudjet ijrosi jarayoni 2
bosqichni o‘z ichiga oladi: byudjet tushumlarini
taqsimlash va byudjet
mablag‘larini davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hisobraqamlariga o‘tkazish.
Davlat byudjeti mablag‘larining keyingi taqdiri butunlay
foydalanuvchilarning
ixtiyoriga bog‘liq. Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini
esa buxgalteriya hisoboti orqali tekshirish mumkin.
Davlat moliyaviy nazoratida g‘aznachilik faoliyati
nazorati vazifalari
mavjud:
qisqa fursatlarda davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini
aniqlash;
davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
davlat
byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismi kassali
ijrosining har kungi
detallashtirilgan monitoringini o‘tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar
va xizmatlar yetkazib
beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;
107
Vahobov A. V., Malikov T.S., Moliya. Darslik. Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: “Noshir”, 2012.
– 712 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: