D tashmuxamedova


Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan 
bo‘lishi shart. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining texnik shartlar tasdiqlangan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha 
hisoblanadi. 
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tanlov (tender) komissiyalari 
tarkiblari va tegishli tartib-taomillar ushbu qaror talablariga muvofiqlashtiradi. 
Buyurtmachilarning rahbarlari davlat va korporativ xaridlarini amalga 
oshirish tartibiga, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligiga rioya 
qilmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha qadar shaxsiy javobgar 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi O‘zbekiston Respublikasining investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
doirasida davlat va korporativ xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 
vakolatli organ etib belgilandi. 
Elektron savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon maxsus axborot portaliga 
faqatgina buyurtmachining agenti orqali joylashtiriladi va ushbu e’lon o‘z 
navbatida elektron tizimda talabnoma ko‘rinishida shakllanadi. Elektron savdolar 
o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: 
99
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning 
davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3237-sonli qarori asosida.


309 

buyurtmachining nomi va manzili; 

savdolar maqsadini moliyalashtirish manbasi; 

birinchi va oxirgi savdo kuni (savdo muddati); 

savdolar maqsadining boshlang‘ich narxi; 

savdolar 
maqsadining 
xarakteristikasi 
(savdo 
maqsadining 
spetsifikatsiyasi); 

lotning miqdori; 

tovarlarni yetkazib berish muddati va sharti; 

tovarlarni yetkazib berish joyi (manzili). 
Byudjetdan mablag‘ oluvchi boshlang‘ich narxni internet, maxsus gazeta va 
jurnallar va matbuotda chop etilgan boshqa tovar (ish, xizmat) narxlaridan hamda 
respublika ichki bozorlaridagi (korxona va firmalar) narxlardan foydalangan holda 
mustaqil belgilaydilar va elektron savdolarda qatnashish uchun maxsus axborot 
portalida e’lon bergan kundan boshlab 25 kun ichida O‘zbekiston respublika tovar 
xomashyo birjasining hisob-kitob kliring palatasida ikkinchi depozit hisobvaraq 
tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag‘iga boshlang‘ich narxning 0,05 foizi 
miqdorida birjaning vositachilik yig‘imi sifatida avans to‘lovini amalga oshiradi. 
Byudjetdan mablag‘ oluvchi to‘lov topshiriqnomasining “To‘lovchining nomi” 
ustunida g‘aznachilik bo‘linmasining nomi, “To‘lovchining hisobraqami” ustunida 
– tegishli g‘azna hisobvarag‘i, “To‘lov maqsadi” ustunida – byudjetdan mablag‘ 
oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami va byudjetdan mablag‘ oluvchining nomi, 
byudjet tasnifining tegishli kodi, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlar, 
to‘lov maqsadi, shuningdek davlat xaridlari bo‘yicha savdolarda qatnashish uchun 
garov (zalog) summasi o‘tkaziladigan ID (shaxsiy hisobvaraq) raqami (garov 
(zalog) summasi o‘tkazish uchun “O‘zRTXAB” OAJ hisob-kitob kliring 
palatasidan olingan ID raqam) ko‘rsatiladi. 
Agarda byudjetdan mablag‘ oluvchining O‘zbekiston respublika tovar 
xomashyo birjasining Hisob-kitob kliring palatasida ikkinchi depozit hisobvaraq 
tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag‘i birja xizmatini (boshlang‘ich baho hisob-
kitobidan) to‘lash uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, byudjetdan mablag‘ oluvchi 


310 
tomonidan maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 25 kun 
o‘tishi bilan talabnoma avtomat tarzda o‘chiriladi. 
Qog‘oz formatdagi savdolar bayonnomasi birja yoki birjaning mintaqaviy 
savdo maydoni va yetkazib beruvchi (uning agenti) tomonidan ikki nusxada 
imzolanishi kerak, ulardan biri buyurtmachiga (uning agentiga) beriladi. 
Buyurtmachi va savdolarda g‘olib chiqqan yetkazib beruvchi savdolar 
bayonnomasi asosida savdolar g‘olibi aniqlangan paytdan boshlab besh ish kuni 
mobaynida har bir lot bo‘yicha alohida kontrakt tuzishi shart. 
Byudjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan maxsus axborot portaliga (elektron 
savdo tizimiga) joylashtirilgan e’lon (talabnoma) bo‘yicha tovar (ish, xizmat) 
yetkazib beruvchilar bitta yoki umuman taklif tushmagan hollarda, savdo 
o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va bu to‘g‘risida savdo bayonnomasi (tiket) 
nusxasini O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi yoki uning hududiy 
bo‘limlari 1 kun ichida tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchilarga yoki ularning 
agentlariga taqdim qiladi.
Xulosa qilib aytganda, davlat xaridlari tizimini samarali tashkil etish davlat 
xaridlariga kichik biznes subyektlarini yanada ko‘proq jalb qilish, davlat ehtiyojlari 
uchun tovar va xizmatlarni sotib olishda maqbul narxlarni qo‘llash, pirovardida 
byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, davlat mablag‘larining maqsadsiz 
ishlatilishining oldini olish, byudjet xarajatlarining samarali ijrosini ta’minlashga 
qaratilgan. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling