D tashmuxamedova
Byudjet buyurtmachisi auktsion orqali ishtirokchi bilan shartnoma
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
Byudjet buyurtmachisi auktsion orqali ishtirokchi bilan shartnoma
rasmiylashtirgandan keyin, to‘lovni amalga oshiradi Shartnoma rasmiylashtirilgandan keyin byudjet buyurtmachisi 10 kun ichida Birjaning G‘aznachilikdagi maxsus hisob varag‘iga pul o‘tkazadi. Birja ijrochiga shaxsiy kabinet orqali 100% to‘lov qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar yuboradi. Ijrochi shartnomada belgilangan muddat ichida va uning boshqa shartlariga muvofiq tovarni yetkazib beradi. Tovar qabul qilingach, buyurtmachi 3 kun ichida Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobotining avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi orqali tovarni to‘liq hajmda qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar jo‘natadi. Shartnoma bo‘yicha mablag‘ Hisob-kitob kliring orqali, tovar buyurtmachiga to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng ijrochiga o‘tkaziladi. Tovar to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng 3% zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi 307 tomonidan avtomat ravishda byudjet buyurtmachisining tegishli shaxsiy hisob varag‘iga qaytariladi. O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilarga login va parollar berilishi hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar matni maxsus axborot portaliga joylashtirilishi bepul amalga oshiriladi. Byudjetdan mablag‘ oluvchilar savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarda ayrim turdagi tovarlar bo‘yicha bitta e’lon predmetida bir nechta tovarlar (ish, xizmat) ro‘yxatini ko‘rsatishi mumkin. Bunda, quyidagi bir nechta tovarlar bo‘yicha umumlashtirilgan holda e’lon berilishi mumkin: kantselyariya mahsulotlari; oziq-ovqat mahsulotlari; dori-darmon vositalari (savdo o‘tkazish to‘g‘risida e’lon berilgan hollarda); ta’mirlash ishlari; boshqa bir tipdagi tovar(ish, xizmat)lar (Hukumat komissiyasining ishchi organi bilan kelishilgan holda). Bunda, byudjetdan mablag‘ oluvchi bir nechta tovarlar (ish, xizmat) ro‘yxatini e’lon ilovasida alohida ko‘rsatadi. Elektron savdoda qatnashish to‘g‘risida e’lon va talabnoma. 1 ming AQSh dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha – narxi, sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shartnoma tuzilgan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi; 1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt bo‘yicha — buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali. Bitta kontrakt bo‘yicha mablag‘ miqdori 308 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eng yaxshi taklif kelib tushgan sanadagi rasmiy kursi bo‘yicha hisoblanadi; 100 ming AQSh dollaridan ortiq miqdordagi bitta kontrakt bo‘yicha — buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini albatta jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi 99 . Mazkur xaridlar bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling